15-aprel-20-may oralig‘ida Toshkentning barcha tumanlarida ichimlik suvi bosimi pasaytiriladi va vaqtincha to‘xtatiladi, deya xabar bermoqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” matbuot xizmati.

Bu vaqtda kompaniya tomonidan 2024-yil bahorgi-yozgi mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika, ta’mirlash ishlari olib boriladi:

Mirzo Ulug‘bek tumani (16-aprel-14-may)

  • 16-aprel soat 09:00 dan 17-aprel soat 09:00 gacha “Hamid Olimjon”, “Lashkarbegi” mahallalarida, “Kardiologiya markazi” shifoxonasi, Latviya elchixonasi, “Oriyet Finans Bank” binosida.
  • 22-aprel soat 09:00 dan 23-aprel soat 09:00 gacha Lashkarlar ko‘chasi 4, 6, 8 — sonli ko‘p qavatli uylarda, Davlat xavfsizlik xizmati tashkiloti, Mikrobiologiya instituti, “Gubkin” nomidagi neft va gaz universiteti, Mirishkor ko‘chasi 1-sonli ko‘p qavatli uydan 17- sonli ko‘p qavatli uygacha, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi 137a, 137b — sonli ko‘p qavatli uylarida.
  • 23-aprel soat 09:00 dan 24-aprel soat 09:00 gacha TTZ-4 mavzesi 1 — sonli ko‘p qavatli uydan 52 — sonli ko‘p qavatli uygacha, Kimyo texnologiya kolleji, Munavvarqori, Yuzrabot, Cho‘ldaraxt, Pilla-1, Pilla-2 ko‘chalarida.
  • 30-aprel soat 09:00 dan 2-may soat 09:00 gacha “Chingeldi”, “Iqtidor”, “Ijodkor”, “Alisherobod”, “Geologlar”, “Temuriylar”, “Sarbon”, “Gulzorobod”, “Ko‘hna Mevazor” mahallalarida, Fuqaro muhofazasi instituti, Toshkent viloyat Sud — tibbiyot ekspertiza markazida, Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligida.
  • 6-may soat 09:00 dan 7-may soat 09:00 gacha Oltintepa tor ko‘chalari bilan birga, To‘rtariq, Angren, Salom, Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq, Bo‘zariq, Lomonosov, Arxiologiya, Qizilsuv, Podshobog‘, Sayohat, Qibray, Quduqboshi, Olchabog‘, Mirhosilboy, Qorasuv bo‘yi, Rishton, Ashxobod, Shams, Fazo, Fozil Yo‘ldosh, Sho‘rtepa ko‘chalarida, Xirmontepa va Intizor tor ko‘chalari bilan birga, Toshkent oqshomi, Dilrabo, Gulsara ko‘chalari, Xolmirza ota berk ko‘chalari, Sadaf, O‘qituvchi, Latofat, Zaytun, Sayqali, Alpomish, Latofat, Charog‘on ko‘chalari, Mirishkor berk ko‘chalari, 2 — sonli Markaziy kasalliklar shifoxonasi, Kasb kasalliklar shifoxonasi, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 58- sonli ko‘p qavatli uydan 139/3 — sonli ko‘p qavatli uygacha, “Sayohat” mehmonxonasi, Lashkarlar ko‘chasi 4, 6, 8, 10, 12 — sonli ko‘p qavatli uylar, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi Davlat xavfsizlik xizmati tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, “Gubkin” nomidagi neft va gaz universiteti, Prezident maktabi, O‘zbekiston fanlar akademiyasi U.Orifov nomidagi elektronika instituti, Endekrinologiya shifoxonasi, Parkent, Qorasuv — 1, 2, 3, 4, 6 mavzelari, O‘zavtosanoat korxonasi, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 34 — sonli ko‘p qavatli uydan 96 — sonli ko‘p qavatli uygacha, Bo‘z — 1 mavzesi, 2 — sonli ko‘p qavatli uydan 25a — sonli ko‘p qavatli uygacha, Sayram ko‘chasi 1 — sonli ko‘p qavatli uydan 39 — sonli ko‘p qavatli uygacha, Bo‘z ko‘chasi 1 — sonli ko‘p qavatli uydan 8a — sonli ko‘p qavatli uygacha, Ziyolilar, Moylisoy, Arslonbobo, Qutb ko‘chalari, Mag‘rur ko‘chasi 51, 52, 55, 55a/2 — sonli ko‘p qavatli uylarda, Chust ko‘chasi 2, 3, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 12 — sonli ko‘p qavatli uylarda.
  • 13-may soat 09:00 dan 14-may soat 09:00 gacha “Shukur Burxonov”, “Alisher Navoiy” mahallalarida.
  • 14-may soat 22:00 dan 15-may soat 06:00 gacha “Turon” mahallasi Parkent mavzesidagi ko‘p qavatli uylarda.

Markaziy dispetcherlik xizmati: (71) 256−10−95, (71) 252−60−08, 1054. Mirzo Ulug‘bek tumani: (71) 266−39−53.

Uchtepa tumani (15−26-aprel)

  • 15-aprel soat 09:00 dan 16-aprel soat 09:00 gacha “Dagrez”, “Qori Yog‘di”, “Sharq Guli”, “Bog‘ichinor”, “Nishabariq”, “Xondamir”, “Ibrat”, “O‘tkir”, “Jarbuloq”, “Beshqayrag‘och”, “Hayratiy”, “Abdulla Qodiriy” mahallalarida.
  • 17-aprel soat 09:00 dan 18-aprel soat 21:00 gacha “Shofayz bog‘i”, “Paxtakor”, “Nishab ariq”, “Qori Yog‘di”, “Xondamir”, “Sharq Yulduzi”, “Beshqayrag‘och”, “Hayratiy”, “Abdulla Qodiriy”, “Ko‘kcha Oqtepa”, “Dagrez”, “Ibrat”, “Jurjoniy” mahallalarida.
  • 19-aprel soat 22:00 dan 20-aprel soat 06:00 gacha Uyg‘ur, Fazilat, Zulfizar, Chevar, Sharof, Ko‘rkam, Mahorat ko‘chalarida, Atoiy, Botu, To‘qimachi tor ko‘chalari bilan birga.
  • 25-aprel soat 09:00 dan 26-aprel soat 21:00 gacha Chilonzor 24 — mavze.
  • 26-aprel soat 22:00 dan 27-aprel soat 06:00 gacha Dadil, Xamkor, Dilkash, Durbek, Bayram, Bayroq, Quruvchi, Qori — Yog‘di, Yakdil, Peshqadam, Sadoqat, Xondamir, Lolazor ko‘chalarida.

Markaziy dispetcherlik xizmati: (71) 256−10−95, (71) 252−60−08, 1054. Uchtepa tumani: (71) 274−83−45.

Yakkasaroy tumani (17-aprel-8-may)

  • 17-aprel soat 22:00 dan 18-aprel soat 06:00 gacha Bobur ko‘chasi 16 — sonli ko‘p qavatli uyda, O‘rikzor ko‘chasi 157, 159 — sonli ko‘p qavatli uylarda.
  • 24-aprel 09:00 dan 25-aprel soat 09:00 gacha Rakaat mavzesi 1 — sonli ko‘p qavatli uydan 14-sonli ko‘p qavatli uygacha, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab.
  • 1-may soat 09:00 dan 2-may soat 09:00 gacha Bobur ko‘chasi 46/1, 46/2, 46/3, 55, 57, 59, 61, 63, 65, 67/1, 67/2, 67/3, 67/4, 67/5, 67/6, 67/7, 67/8, 67/9, 67/10, 67/11, 67/12, 69/13, 67/14, 67/15, 67/16, 67/17, 69/1, 69/2, 69/3, 69/4, 69/5, 69/6, 69/7, 69/8, 69/9, 81/1, 81/4 ,72, 74, 74b — sonli ko‘p qavatli uylarda, Nukus ko‘chasi 2, 4, 6, 9, 57, 59 — sonli ko‘p qavatli uylarda, Abdulla Qahhor ko‘chasi, 2 g — sonli ko‘p qavatli uyda, “Toshshahargazta’minot” korxonasi, Toshkent issiqlik elektr markazi hamda Tuman Ichki Ishlar bo‘limida.
  • 6-may soat 09:00 dan 7-may soat 09:00 gacha Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi, Prezident administratsiya binosi, Prezident xavfsizlik xizmati binosi, “Turkiston” mehmonxonasi, Ichki Ishlar Vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, “Yunus Rajabiy”, “Tepa”, “Bog‘saroy” mahallalarida, Yunus Rajabiy ko‘chasi 70, 72, 60, 62, 64, 61b,18, 16, 14, 66/1−4, 1, 3 — sonli ko‘p qavatli uylarda, Samarqand ko‘chasi 13, 3, 5, 7, 9, 10, 11, 15, 18, 16, 20, 22 — sonli ko‘p qavatli uylarda, Sharof Rashidov ko‘chasi 40a, 40, 40b — sonli ko‘p qavatli uylarda, Afrosiyob ko‘chasi 5, 13 — sonli ko‘p qavatli uylarda, Rakaatboshi tor ko‘chalari bilan birga, Jiydazor tor ko‘chalari bilan birga, Bog‘tepa tor ko‘chalari bilan birga, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, Italiya, Yaman elchixonalarida, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Interpol binosida.
  • 7-may soat 09:00 dan 8-may soat 21:00 gacha Muqimiy, Sardoba, Meros, Jambul ko‘chalarida, Baxriddin Hiloliy 3-tor ko‘chasida, Saadiy Sirojiddinov tor ko‘chalari bilan birga, Komil Yashin tor ko‘chalari bilan birga.
  • 8-may soat 09:00 dan 9-may soat 09:00 gacha Shamskulol, Damariq tor ko‘chalari bilan birga, Abdulla Qahhor 7 — tor ko‘chasi 49/1, 49/2, 49/3, 49/4, 49/5, 49/6, 49/7, 49/8, 49/9, 49/10, 49/11, 49/12, 49/13, 49/14, 49/15, 49/16, 49/17, 128/1, 128/2, 128/3, 128/4, 128/5, 128/6 — sonli ko‘p qavatli uylarda, Glinka, Tarobiy, Humo, O‘lmas Umarbekov, Kuloltuproq, Shota Rustaveli ko‘chalarida.

Markaziy dispetcherlik xizmati: (71) 256−10−95, (71) 252−60−08, 1054. Yakkasaroy tumani: (71) 255−05−50.

Shayxontohur tumani (17-aprel-20-may)

  • 17-aprel soat 09:00 dan 18-aprel soat 21:00 gacha “Zafarobod”, “Ipakchi” mahallalarida, Kichik Xalqa Yo‘li 2, 7, 8, 9, 11, 12, 13, 14, 60a — sonli ko‘p qavatli uylarda, Ziyo Said mavzesi 1-sonli ko‘p qavatli uydan 9 — sonli ko‘p qavatli uygacha, “Shofayz” mahalla, Muqanno ko‘chasi, Ulfat, Xushro‘y tor ko‘chalari bilan birga, Ipakchi non ishlab chikarish sexida.
  • 18-aprel soat 22:00 dan 19-aprel soat 06:00 gacha Markaz — 26, 54 — sonli ko‘p qavatli uyda.
  • 22-aprel soat 09:00 dan 23-aprel soat 09:00 gacha “Bog‘ ko‘cha”, “Gulobod”, “Ilg‘or”, “Huvaydo” mahallalarida.
  • 10-may soat 22:00 dan 11-may soat 06:00 gacha Oqtepa dahasi 1, 2 — sonli ko‘p qavatli uylarda.
  • 20-may soat 09:00 dan 21-may soat 09:00 gacha Kattabog‘, Chuqurko‘prik ko‘chalarida, Chorsu maydoni 1 — sonli ko‘p qavatli uydan 8 — sonli ko‘p qavatli uygacha, “Qoratosh” mavzesi 1 — sonli ko‘p qavatli uydan 4 — sonli ko‘p qavatli uygacha, “INTRAN” AYOQSH binosi hamda “Suvchi” mehmonxonasida.

Markaziy dispetcherlik xizmati: (71) 256−10−95, (71) 252−60−08, 1054. Shayxontohur tumani: (71) 273−52−39.

Yashnobod tumani (16-aprel-14-may)

  • 16-aprel soat 22:00 dan 17-aprel 06:00 gacha “Asalobod” mahalla, 5, 6, 7, 8, 10 — sonli ko‘p qavatli uylarda.
  • 23-aprel soat 09:00 dan 24-aprel soat 21:00 gacha “Artel” korxonasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, “Zo‘r TV” telekanali binosi, Temir yo‘l shifoxonasi, “Mashinasozlar”, “Cho‘lpon”, “Fidoyilar”, “Do‘stobod” mahallalarida, Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Yashnobod tuman sudi hamda Davlat xizmatlari markazida.
  • 30-aprel soat 09:00 dan 2-may soat 09:00 gacha “Amir Temur”, “Tuzel”, “Vatandosh”, “Tong”, “Al-Buhoriy”, “Yashnobod”, “Navro‘zobod”, “Dilbog‘”, “Parvoz”, “Birlashgan”, “Go‘zal”, “Alimkent”, “Donishmand”, “Shohimardon”, “Xosiyatli”, “Shohsanam”, “Oydinko‘l”, “Yangidavr”, “Katta Yangiobod”, “Yanginur”, “Maxmur” “Jarqo‘rg‘on”, “Asalobod”, “Beshbola”, “Barkamol”, “Beshariq”, “Fazogir”, Muxtor Ashrafiy", “Ahmad Yassaviy”, “Tarnovboshi”, “Yangi qo‘rg‘on”, “Nodira”, “Ko‘ksaroy”, “Do‘stobod”, “Iltifot”, “Chinor”, “Cho‘lpon”, “Shirinobod” mahallalarida, 7 — sonli issiqlik qozonxonasi hamda 21 — sonli Yong‘in xavfsizlik bo‘limida.
  • 30-aprel soat 22:00 dan 1-may soat 06:00 gacha “Katta Qo‘yliq” mahallasi 1, 1a, 2, 2a, 3, 4, 5b, 5 V,6, 7, 8, 10 — sonli ko‘p qavatli uylarda, Pedagogika liseyi, oilaviy poliklinika.
  • 6-may soat 09:00 dan 7-may soat 09:00 gacha “To‘ytepa”, “Cho‘lpon”, “Istiqlol”, “Semurg‘”, “Boyqo‘rg‘on”, “Mashinasozlar”, “Do‘stobod”, “Fidoyilar” “Obod makon”, “Ma’rifat”, “Shirinobod” , “Jo‘rabek” mahallalarida, Maxmud Riyoziy dahasida, Indoneziya, Belorussiya, Xitoy, Turkiya, Fransiya, Yaponiya elchixonalarida, Tuman Hokimiyati, 4 — sonli Yong‘in xavfsizlik bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Temir yo‘l hamda Bosh prokuraturasida.
  • 14-may soat 22:00 dan 15-may soat 06:00 gacha “Istiqlol”, “Semurg‘”, “Do‘stobod” mahallalarida, Oltintepa ko‘chasi 2, 7, 38 — sonli ko‘p qavatli uylarda, Mavlono Riyoziy dahasidagi ko‘p qavatli uylarda.

Markaziy dispetcherlik xizmati: (71) 256−10−95, (71) 252−60−08, 1054. Yashnobod tumani: (71) 293−44−32.

Olmazor tumani (17-aprel-17-may)

  • 17-aprel soat 09:00 dan 18-aprel soat 21:00 gacha “Universitet”, “Allon”, “Chig‘atoy Darvoza”, “Orzu” mahallalarida, “Akfamedlayn” kasalxonasida, 100 — sonli Internat hamda Turin universitetida.
  • 22-aprel soat 09:00 dan 23-aprel soat 09:00 gacha “Chustiy”, “Quyosh”, “Xoncharbog‘”, “Chig‘atoy Darvoza” mahallalarida.
  • 29-aprel soat 09:00 dan 30-aprel soat 09:00 gacha “Oltinsoy”, “Islom ota”, “Qichqiriq” mahallalarida.
  • 3-may soat 22:00 dan 4-may soat 06:00 gacha “Chuqursoy” mahallasida.
  • 17-may soat 22:00 dan 18-may soat 06:00 gacha “Xislat”, “Jiydali”, “Beruniy” mahallalarida.

Markaziy dispetcherlik xizmati: (71) 256−10−95, (71) 252−60−08, 1054. Olmazor tumani: (71) 246−99−57.

Chilonzor tumani (25-aprel-7-may)

  • 25-aprel soat 09:00 dan 26-aprel soat 21:00 gacha “Chilonzor-4”, “Chilonzor-5”, “Charx Kamolon-1”, “Charx Kamolon-2, “Charx Kamolon-3”, “Katta Chilonzor”, “Novza”, “Dilobod”, “Beshchinor”, “Diyor”, “Sharq tongi”, “Bekto‘ppi”, “Xonto‘ppi”, “Kichik Xirmontepa”, “Yakkatut”, “Xirmontepa” mahallalarida, Shahar Prokuraturasida, 1- sonli Respublika Tibbiyot kolleji, 22 — sonli Mehribonlik uyi, Iqtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda “Roison” korxonasida.
  • 7-may soat 09:00 dan 8-may soat 21:00 gacha “Chilonzor”, “Katta Chilonzor-1”, “Katta Chilonzor-2”, “Katta Chilonzor-3”, “Katta Qozirobod”, “Qozirobod”, “Xalqlar Do‘stligi” mahallalarida, Muqimiy, Arnasoy, Cho‘ponota, Chilonzor ko‘chalarida.

Markaziy dispetcherlik xizmati: (71) 256−10−95; (71) (71) 252−60−08, 1054. Chilonzor tumani: (71) 277−98−71.

Sergeli tumani (18-aprel-20-may)

  • 18-aprel soat 09:00 dan 20-aprel soat 09:00 gacha 8 — sonli issiqlik qozonxonasi, Quruvchilar, Sergeli 2, 5, 6, 6a, 7, 8, 8a mavzelarida, “Ziyokor”, “Qorasuv”, “Taraqqiyot”, “Qipchoq”, “O‘zgarish”, “Fayzli”, “Qutbaraka”, “Habibiy” “Mehrigiyo”, “Yangi Sergeli”, “Ezgulik”, “Madadkor”, “Ziynat”, “Ittifoq”, “Nilufar”, “Asrabod”, “Daryo bo‘yi”, “Nog‘oyqo‘rg‘on”, “So‘g‘diyona”, “Qumariq”, “Qo‘shqo‘rg‘on”, “Jaloir”, “Nomdanak”, “Xonobodtepa”, “Sadoqatli”, “Kengmakon”,"Xonobod", “Yangi Bunyodobod” mahallalarida.
  • 30-aprel soat 09:00 dan 2-may soat 09:00 gacha “Uchuvchilar”, “Qumariq”, “Choshtepa”, “Junariq” mahallalarida, Toshkent xalqaro aeroporti hamda Davlat xavfsizligi xizmati omborxonasida.
  • 8-may soat 09:00 dan 8-may soat 21:00 gacha “Ittifoq”, “Nilufar” mahallalarida hamda Sergeli — 2 mavzesida.
  • 14-may soat 09:00 dan 15-may soat 21:00 gacha Quruvchilar, Sergeli — 2, 5, 6, 6a, 7, 8, 8a mavzelarida, 8 — sonli issiqlik qozonxonasida, “Ziyokor”, “Nomdanak”, “Qorasuv”, “Taraqqiyot”, “Xonobod”, “Xonobodtepa”, Daryo bo‘yi", “Jaloir”, “Qipchoq”, “O‘zgarish”, “Habibiy”, “Mehrigiyo”, “Yangi Sergeli”, “Ezgulik”, “Madadkor”, “Ziynat”, “Ittifoq”, “Nilufar”, “Yangi Bunyodobod”, “Asrobod”, “Nog‘oyqo‘rg‘on”, “So‘g‘diyona”, “Qumariq”, “Qo‘shqo‘rg‘on”, “Fayzli”, “Qut baraka”, “Kengmakon”, “Sadoqatli” mahallalarida.
  • 20-may soat 22:00 dan 21-may soat 06:00 gacha Baraka ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda, Muqanna ko‘chasidagi xususiy xonadonlarda.

Markaziy dispetcherlik xizmati: (71) 256−10−95, (71) 252−60−08, 1054. Sergeli tumani: (71) 258−96−32.

Yangihayot tumani (18-aprel-14-may)

  • 18-aprel soat 09:00 dan 20-aprel soat 09:00 gacha Sergeli — 3a, 5a, 7a, 8a, 9a, 10a, Yo‘ldosh — 16, 16a, 17, 18, S-1 mavzelarida, “Yangi Darxon”, “Zarbdor”, “Mash’al”, “Xushnud”, “Do‘stlik”, “Charog‘on”, “Navqiron” mahallalarida.
  • 30-aprel soat 09:00 dan 2-may soat 09:00 gacha “Yangi Choshtepa”, “Choshtepa” mahallalarida.
  • 14-may soat 09:00 dan 15-may soat 21:00 gacha “Yangi Darxon”, “Mash’al”, “Xushnud”, “Do‘stlik”, “Charog‘on”, “Zarbdor”, “Navqiron” mahallalarida, Sergeli — 3a, 5a, 7a, 8a, 9a, 10a, Yo‘ldosh-16, 16a, 17, 18, S-1 mavzelarida.

Markaziy dispetcherlik xizmati: (71) 256−10−95, (71) 252−60−08, 1054. Yangihayot tumani: (71) 258−36−42.

Mirobod tumani (30-aprel-16-may)

  • 30-aprel soat 09:00 dan 2-may soat 09:00 gacha “Qorasuv”, “Fitrat”, “Yangizamon”, “Sarako‘l”, “Tong Yulduzi”, “Inoqobod”, “Temiryo‘lchilar”, “Navro‘z”, “Oltinko‘l”, “Banokatiy”, “Zaminobod”, “Istiqlolobod”, “Birodarlik”, “Furqat” mahallalarida, 4 va 5-sonli shahar tug‘ruqxona majmualarida.
  • 2-may soat 09:00 dan 3-may soat 09:00 gacha “Oybek”, “Abdulla Avloniy”, “Mirobod”, “Yangi Mirobod” mahallalarida.
  • 6-may soat 09:00 dan 7-may soat 09:00 gacha O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Milliy bank binosi, Toshkent Xalqaro Vestministr universiteti,Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti,Turkmaniston,Koreya elchixonalarida, “O‘zbekneftgaz”binosi, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” binosi, Qo‘shko‘prik ko‘chasi, Inoqobod tor ko‘chalari bilan birga, Vodil tor ko‘chalari bilan birga,Farg‘ona yo‘li 1-tor ko‘chasi hamda 5 — sonli shahar tug‘ruqxona majmuasida.
  • 15-may soat 09:00 dan 16-may soat 09:00 gacha “Oltinko‘l” mahallasida.
  • 16-may soat 09:00 dan 17-may soat 09:00 gacha “Ziyonur” mahallasida.

Markaziy dispetcherlik xizmati: (71) 256−10−95, (71) 252−60−08, 1054. Mirobod tumani: (71) 292−02−78.

Yunusobod tumani (15-aprel-21-may)

  • 15-aprel soat 22:00 dan 16-aprel soat 06:00 gacha Bog‘ishamol ko‘chasi, 8a, 8b, 1, 2, 3 — sonli ko‘p qavatli uylarda.
  • 16-aprel soat 09:00 dan 17-aprel soat 09:00 gacha “Mirzo Ulug‘bek” mahallasi Xalqobod va Osiyo ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylarda, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda yotoqxonasida, “Buyuk Turon” mahallasi Niyozbek yo‘li tor ko‘chalari bilan birga, Sharofobod ko‘chasida, Davlat xavfsizligi xizmati maktabi, Oloy bozori, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida.
  • 24-aprel 09:00 dan 25-aprel soat 09:00 gacha 12 — mavze, Turkiston va Yunusobod metro bekatlarida, “Megaplanet” savdo majmuasi, “Kulolqo‘rg‘on” mahalla, “Jo‘shota”, “Aslonxon” to‘yxonalarida, 11 — mavze.
  • 2-may soat 9:00 do 4-may soat 09:00 gacha “Bobodehqon”, “Xasanboy”, “Yunusobod” mahallalarida, Yunusobod 3, 13, 14, 17, 18, 19 — mavzelarida, Chinobod ko‘chasi, Yangishahar tor ko‘chalari bilan birga, “Temurbeklar maktabi” harbiy — akademik lisey, 1 — sonli Bolalar shifoxonasi, Nefrologiya shifoxonasi, Harbiy kasalxonasi hamda 8 — sonli Avtokorxonada.
  • 6-may soat 09:00 dan 7-may soat 09:00 gacha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, “Ugolok” restorani, “Toshkent” mehmonxonasi hamda “Poytaxt” savdo majmuasida.
  • 13-may soat 09:00 dan 13-may soat 21:00 gacha Xasanboy, Baraka tor ko‘chalari bilan birga, Nurziyo ko‘chasida.
  • 16-may soat 09:00 dan 17-may soat 09:00 gacha Xasanboy, Hamkorobod, Nurtepa, Tiklanish tor ko‘chalari bilan birga, Ittifoq, Nurmakon ko‘chalarida, “Bobodehqon” mahallasida, Yunusobod — 4, 7, 8, 9, 10, 12, 16 mavzelarida.
  • 21-may soat 22:00 dan 22-may soat 06:00 gacha Mudofachilar ko‘chasi 65a-sonli ko‘p qavatli uyda.

Markaziy dispetcherlik xizmati: (71) 256−10−95, (71) 252−60−08, 1054. Yunusobod tumani dispetcherlik markazi: (71) 235−25−64.

Kompaniya matbuot xizmatining “Gazeta.uz”ga bildirishicha, ro‘yxatga kiritilmagan Bektemir tumanida rejali o‘chirish bo‘lmaydi. Suvsiz qolgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi, deyiladi xabarda.