Iskandar Qutbiddinov ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziriga yangi o‘rinbosar etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Lola Rahmanbayeva xabar bermoqda.

Iskandar Qutbiddinov 1995-yilda Andijon viloyati Andijon shahrida tug‘ilgan.

Ma’lumoti — oliy, 2017-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat va 2023-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat (sirtqi) bosqichini tamomlagan.

Ish faoliyatini 2017-yilda Adliya vazirligi katta maslahatchisi lavozimida boshlagan. Shuningdek, 2018−2021-yillarda Vazirlar Mahkamasida, 2021-yildan Prezident administratsiyasida ishlab kelgan.