Jamiyat

160 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Turkiyaga kiritilmadi, ularning 54 nafariga mamlakatga kirish taqiqlangan — Migratsiya agentligi
27 mart 2024, 15:31

160 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Turkiyaga kiritilmadi, ularning 54 nafariga mamlakatga kirish taqiqlangan — Migratsiya agentligi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Istanbul aeroportida, asosan, 20−35 yoshdagi xorijliklar uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilgani haqida xabar berdi. Yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning 163 nafar fuqarosi Turkiyaga kiritilmagan, ulardan 54 nafariga mamlakatga kirish taqiqlangan bo‘lgan.

Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
27 mart 2024, 15:18

Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentdan Namangan, Farg‘ona va Andijon shaharlariga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi. Shu munosabat bilan Transport vazirligi ochiq tender o‘tkazilishini ma’lum qildi.

UzFood 2024 ko‘rgazmasida Made in Moscow stendi ishtirok etmoqda
27 mart 2024, 15:00

UzFood 2024 ko‘rgazmasida Made in Moscow stendi ishtirok etmoqda

26−28-mart kunlari bo‘lib o‘tayotgan 23-xalqaro UzFood 2024 ko‘rgazmasida Made in Moscow stendi 16 ta oziq-ovqat sanoati ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarini taqdim qilmoqda.

ANORBANK “O‘zbekiston tijorat banklarining eng yaxshi mobil ilovalari” reytingida birinchi o‘rinni egalladi
27 mart 2024, 13:00

ANORBANK “O‘zbekiston tijorat banklarining eng yaxshi mobil ilovalari” reytingida birinchi o‘rinni egalladi

SNS Ratings agentligi tomonidan tuzilgan “O‘zbekiston tijorat banklari mobil ilovalarining yakuniy reytingi”da ANORBANK 96,09 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi.

Andijonda 8 mlrd so‘mlik yerosti o‘tish yo‘li qurish reja qilinmoqda
27 mart 2024, 12:20

Andijonda 8 mlrd so‘mlik yerosti o‘tish yo‘li qurish reja qilinmoqda

Andijon shahrida qiymati 8 mlrd 215 mln so‘m bo‘lgan yerosti o‘tish yo‘li qurilishi reja qilinmoqda. Ayni paytda Xo‘jaobod tumanida ham 4,9 mlrd so‘mlik yerosti o‘tish yo‘li qurilyapti.

Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni kuchaytirilgan xavfsizlik choralariga amal qilishga chaqirdi
27 mart 2024, 12:04

Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni kuchaytirilgan xavfsizlik choralariga amal qilishga chaqirdi

Migratsiya agentligi Moskvadagi terakt fonida Rossiyaga borayotgan va u yerda yashayotgan o‘zbekistonliklardan kuchaytirilgan xavfsizlik choralariga amal qilishni so‘radi. Agentlik, shuningdek, “Gazeta.uz”ga “O‘zbekistonliklarga patent bermayapti, chiqarib yuboryapti, degan gaplarning ko‘pi rost emas”ligini bildirdi.

Toshkentda tilanchilik qilib yurgan ayollarning yosh farzandlari ijtimoiy-huquqiy yordam markaziga joylashtirildi
27 mart 2024, 11:52

Toshkentda tilanchilik qilib yurgan ayollarning yosh farzandlari ijtimoiy-huquqiy yordam markaziga joylashtirildi

IIBB Uchtepa tumanida 26 nafar tilanchilik bilan shug‘ullanib yurgan ayolni aniqlandi. Ularning 13 nafar yosh farzandi ijtimoiy-huquqiy yordam markaziga joylashtirildi. Ayollarning ayrimlari pul topish uchun o‘zgalarning yosh farzandini ijaraga olgani aniqlandi. Fuqarolarga profilaktik tushuntirish berildi.

Qozog‘istonda Automechanika Astana 2024 avtoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
27 mart 2024, 11:00

Qozog‘istonda Automechanika Astana 2024 avtoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

17−19-aprel kunlari Ostonada Automechanika Astana xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda 20 ta mamlakatdan avtomobil komponentlari va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish mahsulotlari namoyish etiladi.

Surxondaryoda arxeologik yodgorlik molxona qurish uchun buzib tashlangani aniqlandi
27 mart 2024, 10:56

Surxondaryoda arxeologik yodgorlik molxona qurish uchun buzib tashlangani aniqlandi

Uchta hududda arxeologik yodgorliklarga qariyb 30 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Xususan, V-VII asrlarga oid Kattatepa yodgorligi molxona qurish uchun buzilgan, Badaxshontepa obyekti ekin maydoniga aylantirilgan va Tolmozortepa texnika yordamida tekislab yuborilgan.

“Haydovchidan tez haydamaslikni bir necha bor so‘radik”. Maktab o‘quvchilari — Buxoroda avtobusda ro‘y bergan YTH haqida
27 mart 2024, 10:10

“Haydovchidan tez haydamaslikni bir necha bor so‘radik”. Maktab o‘quvchilari — Buxoroda avtobusda ro‘y bergan YTH haqida

Buxoro viloyati teatriga ketayotib YTHga uchragan maktab o‘quvchilari avtobus haydovchisidan tezlikni oshirmaslikni bir necha bor so‘ragan. YTH oqibatida bir o‘quvchi voqea joyida, bir qiz esa shifoxonada vafot etgan. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bolalar nima bo‘lganini eslarkan, kuchli stressni boshdan kechirgan.

Toshkentda fuqarolarning 6,1 mlrd so‘mini aldab olgan avtosalon egalari qamaldi
27 mart 2024, 09:40

Toshkentda fuqarolarning 6,1 mlrd so‘mini aldab olgan avtosalon egalari qamaldi

Toshkentda fuqarolardan 6,1 mlrd so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan avtosalon egalari 8−9 yilgacha qamaldi. Ular xaridorlarni qabul qilishda GM Uzbekistan bilan shartnoma tuzgani va mashinalarni 3 oyda avtosalondan chiqarib berishini aytgan.

26-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
27 mart 2024, 00:08

26-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Umra ziyorati tashkil qilish uchun litsenziya, madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga qo‘shilgan mozaikalar, Namanganda mis qazib oladigan Xitoy kompaniyasi, O‘zbekistondagi ilk texnologik “yakkashox” va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Binolardagi mozaikalar va nihoyat madaniy meros obyektlari qatoriga qo‘shildi
26 mart 2024, 23:53

Binolardagi mozaikalar va nihoyat madaniy meros obyektlari qatoriga qo‘shildi

Hukumat qarori bilan Toshkent shahri va viloyatlar binolaridagi 160 ga yaqin mozaik pannolar Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritildi. Bungacha ko‘plab mozaikalar bo‘yab tashlangan, qolganlari reklama bannerlari bilan qoplangan edi.

Tez va foydali: ANORBANK`da xorijiy valyutadagi Premiere omonatini ochish uchun 5 sabab
26 mart 2024, 17:00

Tez va foydali: ANORBANK`da xorijiy valyutadagi Premiere omonatini ochish uchun 5 sabab

ANORBANK tez daromad olish istagida bo‘lganlar uchun xorijiy valyutadagi Premiere omonatini taklif etadi. Bank vakillari nega aynan Premiere omonatini tanlash kerakligi haqida so‘zlab berishdi.

Suriyadagi terrorchilar safida jang qilib jarohatlangan o‘zbekistonlik yigit 6 yilga qamaldi
26 mart 2024, 16:45

Suriyadagi terrorchilar safida jang qilib jarohatlangan o‘zbekistonlik yigit 6 yilga qamaldi

24 yoshli jizzaxlik yigit Suriyadagi terrorchilar safida jang qilib, jiddiy jarohatlangani ortidan O‘zbekistonga deport qilingandi. Unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Umra ziyoratini tashkil qilish uchun litsenziya joriy etish rejalashtirilmoqda
26 mart 2024, 14:08

Umra ziyoratini tashkil qilish uchun litsenziya joriy etish rejalashtirilmoqda

Qonunchilik palatasi Umra ziyoratini huquqiy jihatdan tartibga solish bo‘yicha qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat ziyoratni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyat uchun litsenziya turini joriy etishni nazarda tutadi.

Qashqadaryoda 20 kunlik chaqaloq shifoxonadagi zina ostiga tashlab ketildi
26 mart 2024, 13:42

Qashqadaryoda 20 kunlik chaqaloq shifoxonadagi zina ostiga tashlab ketildi

Qarshi shahrida shifoxonadagi zina ostiga 20 kunlik chaqaloq tashlab ketildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Chaqaloq Kitob tumanidagi viloyat bolalar uyiga joylashtirildi.

“Sayxunobod tajribasi” Farg‘ona vodiysidagi mahallalarga tatbiq etiladi
26 mart 2024, 12:53

“Sayxunobod tajribasi” Farg‘ona vodiysidagi mahallalarga tatbiq etiladi

Prezident Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari hokimlari bilan uchrashuvda mahallalarda Sayxunobod tajribasidan foydalanish topshirig‘ini berdi. Bunda asosiy e’tibor tomorqa va xonadonlar imkoniyatlaridan foydalanishga qaratiladi.

Toshkentda qutqaruvchilar temir panjaraga oyog‘i tiqilib qolgan yigitga yordam berdi
26 mart 2024, 12:42

Toshkentda qutqaruvchilar temir panjaraga oyog‘i tiqilib qolgan yigitga yordam berdi

Qutqaruvchilar kechasi Toshkent ko‘chalaridan birida oyog‘i ariq ustidagi temir panjaraga tiqilib qolgan yigitga yordam berdi. Shunga o‘xshash holatlar doimiy ravishda sodir bo‘ladi.

“Olmazor” va “Yangihayot” metro bekatlari oralig‘ida poyezdlar vaqtincha bir tomonlama harakatlanadi
26 mart 2024, 11:39

“Olmazor” va “Yangihayot” metro bekatlari oralig‘ida poyezdlar vaqtincha bir tomonlama harakatlanadi

26-mart kuni soat 23:00 dan 00:00 ga qadar “Chilonzor” yo‘nalishining “Olmazor” — “Yangihayot” bekatlari oralig‘ida poyezdlar harakati bir tomonlama tashkil etiladi. “Yangihayot” va “Chinor” bekatlari oralig‘ida bu vaqt davomida bepul avtobus yo‘lga qo‘yiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting