O‘zbekiston moliya sektoridagi muhim voqealardani biri — Davr Bank Deutsche Investitions und Entwicklungsgesellschaft MBH (DEG) bilan 23,5 mln AQSh dollaridan ortiq miqdorda kredit jalb qilish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. DEG Germaniya davlat bank guruhi Kreditanstalt für Wiederaufbau`ning (KfW) qo‘shimcha qiymat va malakali ish o‘rinlarini yaratish bilan birga xususiy sektorni rivojlantirishga qaratilgan investitsion bo‘linmasi hisoblanadi.

Ushbu kelishuv uzoq muddatli va samarali hamkorlikning birinchi bosqichi bo‘lib, buning natijasida Davr Bank o‘z faoliyatini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hamkorlikdan asosiy maqsad O‘zbekiston hududida faoliyat yurituvchi kichik va o‘rta biznes subyektlarining loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, atrof-muhit, ekologiya va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdir.

Bu kredit kelishuvi banklar o‘rtasidagi faol o‘zaro hamkorlikning mantiqiy davomi bo‘lib, O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishiga muhim hissa qo‘shadi, tadbirkorlar orasida bank xizmatlarining ommabopligi va samaradorligini oshiradi.

DEG 100% KfWga tegishli bo‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlar va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlaridagi xususiy sektor korxonalarining ishonchli hamkori sifatida deyarli 60 yil davomida namuna ko‘rsatib kelmoqda. DEG mijozlariga individual yechimlar, jumladan, moliyalashtirish, tashviqot dasturlari va maslahat xizmatlarini taklif etadi, bu esa korxonalar muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishini, qo‘shilgan qiymat va malakali ish o‘rinlarini yaratishini ta’minlaydi. Hozirda DEG dunyodagi yirik tashkilotlardan biri bo‘lib, xususiy sektorni rivojlantirish uchun 9 mlrd yevroga yaqin portfel bilan 80 ta mamlakatda faoliyat yuritadi.

Reklama huquqlari asosida.