2-aprel kuni ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent shahrining Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi ayrim joylarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” axborot xizmati xabar berdi.

Hududlar ro‘yxati

Sergeli tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha):

“Qumariq”, “Oltin vodiy” MFYlar, Uchuvchilar shaharchasidagi 1490 ta yerli xonadon va 21 ta ko‘p qavatli uylardagi 764 ta xonadon, shuningdek, ushbu hududlardagi ulgurji iste’molchilar.

Yangihayot tumani (soat 14:00 dan 17:00 gacha):

“Yangi darxon” MFY Navro‘z ko‘chasidagi 80 ta xonadon, Jazoni ijro etish departamenti va O‘zIIB va 1 ta ulgurji iste’molchi.