Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida 13 yoshli qizni qo‘shni erkak zo‘rlagani aytilmoqda. Holat yuzasidan respublika prokuraturasi munosabat bildirdi.

Tumanning “Amirobod” OFYsida yashovchi fuqaro M.Z. 30-avgust kuni tuman IIBga murojaat qilgan. Unda 2010-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan nevarasi T.S.ni qo‘shnisi Z.Sh. qo‘rqitish va zo‘rlik ishlatish orqali nomusiga tekkanini bildirgan.

Sud tibbiyot ekspertizasining 5-sentabrdagi hulosasi va tergovga qadar tekshiruvda to‘plangan ish xujjatlari inobatga olinib, gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi (14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish), 119-moddasi 4-qismi (14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Tergovning har tomonlama to‘la va xolisona o‘tkazilishi Qoraqalpog‘iston prokurori tomonidan nazoratga olindi, deyiladi xabarda.

Bu shaxsning aybi sud tomonidan isbotlansa, 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.