Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi [373-son] qaroriga asosan, maxsus Nis.uz tizimi orqali davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida har uch oy yakunlari bo‘yicha raqamli transformatsiya holatini reyting baholash amalga oshiriladi va uning natijalari “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi komissiya yig‘ilishlarida tanqidiy muhokama qilinadi.
Yuqoridagi tartibga ko‘ra, 2023-yil birinchi yarim yillik yakuni bo‘yicha raqamli transformatsiya holatini reyting baholash jarayonida 43 ta davlat organi, 38 ta xo‘jalik organi va 14 ta mahalliy hokimliklar — jami 95 ta davlat tashkilotlari qamrab olindi.
Reyting baholash ishlari beshta yo‘nalishda amalga oshirildi:
- “Ochiqlik va elektron ishtirok”;
- “Elektron davlat xizmatlari”;
- “Axborot xavfsizligi”;
- “Faoliyatning raqamlashtirilganligi”;
- “Tashkiliy masalalar”.
Baholash natijalariga ko‘ra, “Asakabank” AJ “Ochiqlik va elektron ishtirok” indeksida 71,5%, “Axborot xavfsizligi” indeksida 90,7%, “Faoliyatni raqamlashtirilganlik” indeksida 94,85% hamda “Tashkiliy masalalar”da 100%, jami o‘rtacha 91,84% natija bilan tijorat banklari o‘rtasida yetakchi o‘rinni qayd etdi.
Reklama huquqlari asosida.