14 va 15-sentabr kunlari ko‘p funksiyali M-Clinic tibbiyot markazida “Tibbiyotning dolzarb jihatlari: diagnostika, davolash, reabilitatsiya, samarali boshqaruv” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

m clinic, реклама

Konferensiyaning asosiy maqsadi — M-Clinic ko‘pfunksiyali tibbiyot markazining professional hamjamiyat hamda jamoatchilik uchun taqdimoti Germaniya, Shveysariya va Rossiyaning yetakchi mutaxassislari bilan kasalliklar diagnostikasi, bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilishdagi innovatsiyalar sohasida tajriba almashishdan iborat.

Tadbir mehmonlari O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov, xorijiy mutaxassislar — Anna Plaksina (Rossiya), Svetlana Veber (Germaniya), Oleg Voronsov (Germaniya), Shtefan Shuko (Shveysariya) va boshqalar bo‘ldi.

Amrillo Inoyatov o‘z nutqida O‘zbekiston tibbiyotini rivojlantirishda xususiy sektorning rolini qayd etib o‘tdi.

m clinic, реклама

Taqdimotni spikerlar o‘z ma’ruzalari bilan davom ettirdilar, Joint Commission International (JCI) tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiya qilish standartlarining maqsad va istiqbollari haqida so‘zladilar hamda tibbiyotda xalqaro hamkorlik mavzusiga to‘xtaldilar.

Dunyo bo‘ylab bemorlarning o‘limi borasidagi statistika ma’lumotlari va uning sabablariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu muammoni hal qilishning birlamchi vazifasi kasallikni to‘g‘ri aniqlash va aloqa o‘rnatish bo‘lib, bu davolash samaradorligini 90% gacha oshiradi.

“Operativ jarrohlik bemorni tezkor tekshirish va davolashni talab qiladi, bugungi kunda M-Clinic`ning maxsus texnologiyasi va uskunalari bunday ishlarni eng samarali tarzda amalga oshirishga imkon beradi”, — deb ta’kidladi M-Clinic tibbiyot markazi mutaxassisi, intervension kardiolog Timur Bekmirzoyev.

m clinic, реклама

Konferensiya doirasida tibbiy reabilitatsiya sohalaridagi dolzarb masalalar yoritildi, zamonaviy jarrohlik rivojlanishining vektori va tibbiyotning boshqa muhim jihatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Germaniya va Rossiyaning yetakchi klinikalari vakillari ishtirokida yangi metodikalarga bag‘ishlangan maxsus master-klasslar o‘tkazildi.

O‘zbekiston, Rossiya, Germaniya hamda boshqa mamlakatlarning tibbiyot sohasidagi yetakchi mutaxassislarini birlashtirgan konferensiya tibbiyot amaliyotidagi so‘nggi yutuqlar, texnologiyalar, tendensiyalar haqida tajriba va bilim almashish platformasiga aylandi.

Telefonlar: (+998) 55−508−13−30, 1330.

Manzil: Mirzo-Ulug‘bek tumani, Tantana ko‘ch., 1.
Mo‘ljal: TTZ bozori.

Sayt: mclinic.uz
Facebook: fb.com/mclinic.uz
Instagram: @mclinic_uz

Reklama huquqlari asosida.