Tojikistonda Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokara o‘tkazdi. Foto

Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan uchrashib, ittifoqchilik masalalarini muhokama qildi. Qolaversa, ular Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan fikr almashdi.

OTB O‘zbekistonga inson kapitalini rivojlantirish uchun 93 mln dollar ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga inson kapitalini rivojlantirish uchun 93 mln dollar yo‘naltiradi. Mablag‘lar sanoat tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, aholini kasb-hunarga o‘qitish orqali inklyuziv o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Aliya Yunusova bola huquqlari bo‘yicha ombudsman lavozimini tark etayotganini ma’lum qildi

Bola huquqlari bo‘yicha ombudsman Aliya Yunusova “mavjud vaziyatdan kelib chiqib” o‘z faoliyatini to‘xtatayotganini e’lon qildi. U mazkur lavozimda 2020-yilning fevralidan beri ishlab kelayotgandi.

Davlat organlari rahbarlari faoliyati jamoatchilik fikri orqali baholanadi

O‘zbekistonda davlat idoralari rahbarlarining faoliyati jamoatchilik fikridan kelib chiqib baholanadi. Aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimi samaradorligini oshirish maqsadida murojaatlarni elektron shaklda ro‘yxatga olish amaliyoti joriy etiladi.

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Amaldagi nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlarining davom ettirilishi inflyatsiyaning prognoz ko‘rsatkichlariga erishishga xizmat qiladi, deyiladi regulyator bayonotida.

Jizzax va Qashqadaryoda salkam 15,5 kg giyohvandlik vositasining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi — DXX

Davlat xavfsizligi xizmati Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqladi. Musodara qilingan moddalarning aksar qismi Tojikistondan keltirilgan.

Buxoroda muhofaza hududidagi 125 tup daraxt kesib tashlandi, tabiatga 1,7 mlrd so‘mlik zarar yetdi

Peshku tumanidagi muhofazaga olingan hududda 125 tup daraxt (102 tupi qimmatbaho) noqonuniy kesildi. Tabiatga 1,7 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda 9 ta xonadon 39 kishiga sotilgani aytilmoqda. Prokuratura ishni o‘rganyapti

Bir guruh fuqarolar Yashnobodda Zohmir Group kompaniyasi qurayotgan uyga to‘lov qilgani, ammo bir uy 4−5 kishiga sotib yuborilganini aytmoqda. Ayrimlari yashab turgan uyini sotib, ko‘chada qolgan. Ular bilan shartnoma qilgan shaxs pullar qaytarilayotganini bildirdi. Prokuratura tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

Banklar uchun avtokreditlar bo‘yicha talablar kuchaytirilmoqda

Markaziy bank riskli kreditlar miqdori o‘sib borayotgani sababli banklarga avtokreditlar bo‘yicha qo‘yiladigan talablarni kuchaytirmoqda. Endilikda avtokreditlarning banklar kredit portfelidagi ulushi 25 foizdan oshmasligi talab etiladi.

O‘zbekistonda Chevrolet Captiva sotuvi qayta tiklanishi mumkin

UzAuto Motors O‘zbekistonda Chevrolet Captiva 5 avtomobillari savdosini qayta boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Avtomobil savdosi 2021-yil noyabr oyida to‘xtatilgandi.

O‘zbekistonda uy-joy bozoridagi sotuvlar 2021-yildan buyon rekord darajaga yetdi

Avgust oyida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida 28 mingta uy-joy oldi-sotdisi shartnomasi ro‘yxatga olingan. Bu 2021-yildan beri rekord ko‘rsatkichdir. Oy davomida bitimlar soni 12,8 foizga, Toshkent shahrida 10 foizga oshgan. Aksariyat hududlardagi ikkilamchi bozorda narxlar tushdi.

Toshkentda haydovchi 5 yilga qamaldi, u mashinasida urib yuborgan 12 yoshli qiz vafot etgandi

Toshkentda haydovchi Matiz mashinasida 12 yoshli o‘quvchi qizni urib yuborgandi. Qiz og‘ir jarohat olib, vafot etgan. Sud erkakni 3 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etib, 5 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qildi.