13−14-sentabr kunlari Toshkent viloyatining Angren shahrida 18 nafar bola ich buzilishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi. Uch nafar bola 1-sonli, 14 nafari 10-sonli va bir nafari 37-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati barcha bolalar shifokorlar nazoratida ekani, vazirlik vaziyatni nazoratga olganini ma’lum qildi.