Buxoro viloyati Peshku tumanidagi muhofaza zonasida o‘sib turgan jami 125 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar bermoqda.
Tumanning Mustaqillik, Chig‘irchi, Yangibozor, Sadir va Malishoyak mahallalari hududidan oqib o‘tuvchi Zandani kanalining muhofaza zonasida o‘sib turgan jami 125 tup daraxt, shundan 23 tup kam qimmatli, 102 tup qimmatbaho daraxtlar kesilgan.
Dastlabki xulosaga ko‘ra, tabiatga 1,7 mlrd so‘mdan ortiq juda ko‘p miqdordagi zarar yetkazilgan.
Holatlar yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari o‘tkazish uchun ichki ishlar organlariga yuborildi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Mazkur jinoyat ishi tergovi ustidan prokuror nazorat o‘rnatilgan.