Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nuqt so‘zlaydi

O‘zbekiston prezidenti kelgusi haftada AQShga boradi. Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nuqt so‘zlaydi, qolaversa, AQSh tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “C5+1” formatidagi AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida qatnashadi.

O‘zbekiston prezidenti Dushanbe o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida qatnashadi

Shavkat Mirziyoyev 14−15-sentabr kunlari Markaziy Osiyo besh mamlakati rahbarlarining maslahat uchrashuvi hamda besh yil deganda o‘tkazilayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida ishtirok etish uchun Tojikistonga boradi.

“Navbatdagi fantazyor”. O‘zbek faollari rossiyalik deputatning sobiq SSSR davlatlari haqidagi fikriga munosabat bildirdi

Rossiya davlat dumasi deputati Yevgeniy Fyodorov Rossiya Sobiq Ittifoq davlatlari bilan urishishga majbur bo‘lishi, ular SSSRdan noqonuniy ajralib chiqqani haqida fikr bildirdi. O‘zbekistonlik deputatlar buni “nosog‘lom fikr” deya atab, bu so‘zlarga jiddiy munosabat bildirish shart emasligini ta’kidladi.

“Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni yaratish vazifasi hech qayerga yo‘qolmadi” — prezident matbuot kotibi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “Gazeta.uz” nashriga javoban, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni tashkil etish bandi kiritilmagan bo‘lsada, “topshiriq hech qayerga yo‘qolmagani”ni aytdi. Bu borada chora-tadbirlar va mexanizmlar belgilab berilgan, dedi u.

O‘zbekistondagi piyodalar uchun yo‘lning belgilangan joyidan o‘tish belgilanmagan joyidan o‘tishdan ko‘ra xavfliroq — ekspert

O‘zbekistonda piyodalar uchun belgilangan piyodalar o‘tish joyidan o‘tish belgilanmagan joydan o‘tishdan ko‘ra xavfliroq, dedi ekspert Nosirjon Zokirov. Uning fikricha, bunga piyodalar o‘tish joylari yaxshi tashkil qilinmagani sabab.

Yaponiya Xalqaro yoshlar palatasi O‘zbekistonda filialini ochadi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Xalqaro yoshlar palatasi prezidenti Masahiro Asoni qabul qildi. Ijtimoiy masalalar va xalqaro talabalar almashinuvi bilan shug‘ullanuvchi palata O‘zbekistonda filial ochishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistonda sezilgan va rasmiy inflyatsiya o‘rtasidagi farq 5,5 foizga yetdi

Avgust oyida O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya darajasi keskin oshib, 14,5 foizni tashkil etdi. Bu rasmiy yillik inflyatsiyadan 5,5 foizga yuqori. Respondentlarning aksariyati go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini his qilgan.

Prezident davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonun”ni imzoladi. Unda Davlat xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishi belgilab qo‘yildi.

Ingliz tilini o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida AQShdan 25 nafar o‘qituvchi keldi

AQShdan O‘zbekistonga 25 nafar ingliz tili o‘qituvchisi keldi. Ular mamlakatning 11 ta hududidagi maktab va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ish olib boradi hamda 10 oylik o‘qitish va malaka oshirish dasturlarini o‘tkazadi.

Ichki kema yo‘llarida faqat O‘zbekiston bayrog‘i ostida suzish shart etib belgilandi

Endi ichki kema yo‘llarida faqat O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i ostida suzishga yo‘l qo‘yiladi. Bu ichki kema yo‘llarida suzish qoidalarida belgilab qo‘yildi. Shuningdek, gorizont bo‘ylab ko‘rinish masofasi 1 kilometrdan kam bo‘lganda kemalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

Zarafshonning sobiq hokimi Anvar Rajabov jinoiy javobgarlikka tortilgan

2018−2022-yillarda Zarafshon shahri hokimi bo‘lgan Anvar Rajabov yer ajratish bilan bog‘liq masalada aybdor deb topilib, 3,5 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston U-23 futbol bo‘yicha Osiyo kubogi final bosqichiga chiqdi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Eronni mag‘lub etib, 2024-yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Osiyo kubogining final bosqichiga chiqdi (video, foto).

O‘zbekistonlik futbolchilar o‘rtoqlik o‘yinida Meksika bilan durang o‘ynadi (foto, video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Meksika bilan 3:3 hisobida durrang o‘ynadi. O‘yinning so‘nggi 10 daqiqasida 3 ta gol urildi.

O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi bir oyda 38 foizga o‘sdi

O‘zbekistondagi avtomobil bozorida sotuvlar avgust oyida iyulga nisbatan 2,3 foizga o‘sdi. Elektromobillar savdosidagi o‘sish esa 38 foizga yetdi.

“Andijon” aeroportida yangi aerodrom majmuasi qurilishi boshlandi

“Andijon” aeroportining yangi aerodrom majmuasi uchun uzunligi 3400 m, eni 60 m bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi quriladi, shuningdek, tungi vaqtda va og‘ir ob-havo sharoitida barcha turdagi havo kemalarini qabul qilish va jo‘natish imkonini beruvchi yoritish moslamalari bilan jihozlanadi.