Juma va dam olish kunlari barcha hududlar bo‘yicha O‘zbekistonning kuzi uchun xos bo‘lgan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xizmati agentligi xabar qildi.

Shamol sharqdan o‘rtacha tezlikda esadi, faqat cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Kechasi va ertalab kuzgi salqinlik sezilib turadi, harorat +13…+18 daraja atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari esa havo +25…+30 darajagacha isiydi.

Respublikaning ayrim tog‘li hududlarida 16−17-sentabr kunlari biroz yomg‘ir yog‘ishi mumikin.

Poytaxtda 15−17-sentabr kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +15…+17 daraja, kunduz kunlari +27…+29 daraja bo‘ladi.