“Mazmunan juda boy tashrif”. Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisi bilan uchrashdi

Rossiyaga rasmiy tashrif bilan borgan Shavkat Mirziyoyev ushbu mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin bilan muzokara o‘tkazdi. Ular iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, ta’lim, shaharsozlik sohalarida hamkorlik va O‘zbekistonda elektron savdoni joriy etish kabi masalalarni muhokama qildi.

“Hal qilinmagan birorta ham masala yo‘q”. O‘zbekiston va Rossiya prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan tor doiradagi uchrashuvda har tomonlama strategik sheriklik davom etayotgani, mamlakatlar o‘rtasida “hal qilinmagan birorta ham masala yo‘q"ligini ta’kidladi. Putin esa “juda nozik sohalardagi” hamkorlikni qayd etdi.

Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish 7-oktabrdan boshlanadi — Mirziyoyev va Putin

O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari 7-oktabr kuni O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etadi, dedi Vladimir Putin. Shavkat Mirziyoyev loyihani “strategik” deb atadi. Avvalroq Qozog‘iston gaz oy oxiridan yetkazilishini bildirgandi.

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga “Rossiya-Dog‘iston” aloqalari rivoji uchun minnatdorchilik bildirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda adashib ketdi va “Rossiya-Dog‘iston” aloqalarini rivojlantirishdagi ishtiroki uchun unga minnatdorchilik bildirdi.

O‘zbekiston sportchilari Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida yana 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi yana ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Milliy terma jamoa 63 ta medal bilan medallar jadvalida beshinchi o‘rinni saqlab qoldi.

“Moskva-Toshkent” reysi bortida yo‘lovchi vafot etdi

Moskvadan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways samolyoti yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Urganchga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Erkak bortda vafot etdi.

Soliq qo‘mitasi Yandex.Go`dan O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tib, soliqlar to‘lashni talab qildi

Soliq qo‘mitasi Yandex.Go xizmatlarini taqdim etuvchi Ridetech International B.V kompaniyasidan 1-dekabrgacha O‘zbekistonda soliq rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tish, soliqlarni to‘lash va mijozlarga fiskal chek taqdim etishni talab qildi. Talablar bajarilmasa, platforma bloklanadi.

O‘zbekiston avgust oyida Xitoyga 75,27 million dollarlik gaz eksport qildi

Avgust oyida O‘zbekiston Xitoyga 75,27 million dollarlik gaz yetkazib berdi. Yil boshidan buyon gaz eksporti 370,57 million dollarni tashkil etdi, bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 1,6 barobarga kam.

Sog‘liqni saqlash boshqarmalari xalq deputatlari kengashlariga hisobot beradi

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari va tibbiyot birlashmalari rahbarlari har olti oyda mahalliy kengashlarda, markaziy va oilaviy poliklinikalar bosh shifokorlari esa mahallalarda hisobot berib boradi.

Madaniyat vazirligi mukofotlangan san’atkorlar haqida veb-sayt yaratish uchun qariyb yarim mlrd so‘m sarflaydi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov davlat mukofoti olgan san’atkorlar haqidagi portal uchun qariyb 500 mln so‘m ajratish haqida buyruq imzoladi. Unga dastlab 10 nafar san’atkorning ma’lumoti kiritiladi. May oyida madaniyat markazlari veb-saytini yaratish uchun 530 mln so‘m ajratilgan, lekin sayt ishlamayapti.

Germaniyada Alisher Usmonovning ko‘chmas mulklari tintuv qilindi — OAV

Germaniyada Yevropa sanksiyalariga uchragan rossiyalikka tegishli bir nechta ko‘chmas mulk obyektlari tintuv qilindi. Reuters`ning yozishicha, gap Alisher Usmonov haqida ketmoqda. Usmonovning vakillari esa tintuvlar tadbirkor nazoratida bo‘lmagan obyektlarda o‘tkazilganini ta’kidladi.

Davlat daromadiga olingan mol-mulklar E-auksion shop orqali sotiladi

O‘zbekistonda davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida E-auksion shop elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi belgilandi.

O‘zbekistonda chang bo‘ronlariga sabab bo‘luvchi tashqi va ichki omillar ma’lum qilindi

O‘zbekiston hududida sodir bo‘luvchi chang bo‘ronlariga sababchi tashqi va ichki omillar haqida ma’lumot berildi. Ichki omillar qatorida qurilish maydonlari sonining ortishi va ulardan chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishi keltirildi.

Putin — O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishni boshlash muddati haqida

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berilishi kutilayotgan muddatga izoh berdi. Uning aytishicha, to‘liq yetkazib berish oktabr oyidan hozircha “kichik hajmda” boshlanadi. “Biz yiliga 3 mlrd kubometr yetkazib beramiz, keyin esa ko‘paytirishimiz mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Jahon banki O‘zbekiston YAIM o‘sishi bo‘yicha prognozini yaxshiladi

Jahon banki O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 2023-yilda 5,5 foiz atrofida, 2024-yilda esa 5,6 foiz darajasida bo‘lishini prognoz qilmoqda. Rossiyadan pul o‘tkazmalari kamayishi tufayli iste’mol darajasi o‘sishi sekinlashadi. Qashshoqlik darajasi biroz kutilmoqda.