Jamiyat

Toshkentda bir oilaning 3 a’zosi vafot etdi, 2 nafari jonlantirish bo‘limiga yotqizildi
18 yanvar 2024, 12:15

Toshkentda bir oilaning 3 a’zosi vafot etdi, 2 nafari jonlantirish bo‘limiga yotqizildi

Uchtepa tumanida er-xotin va ularning 3 nafar qizi uyidan hushsiz holda topildi. Oilaning 3 a’zosi vafot etdi, 2 nafari jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Bosh prokuratura holatga nima sabab bo‘lganini o‘rganmoqda.

Adliya vaziri Akbar Toshqulov lavozimidan ozod etilishi haqida ogohlantirildi
18 yanvar 2024, 12:05

Adliya vaziri Akbar Toshqulov lavozimidan ozod etilishi haqida ogohlantirildi

Xalqaro standartlarni joriy qilish sohasini tartibga solmasa, adliya vaziri Akbar Toshqulov lavozimidan ozod etilib, Texnik tartibga solish agentligi rahbari etib tayinlanishi haqida ogohlantirildi. Agentlik to‘liq isloh qilinib, Hukumat tarkibiga o‘tkazilishi belgilandi.

O‘zbekistonda ikki yilda bir marta mukofot jamg‘armasi 2 mln dollar bo‘lgan xalqaro moda haftaligi o‘tkaziladi
18 yanvar 2024, 11:49

O‘zbekistonda ikki yilda bir marta mukofot jamg‘armasi 2 mln dollar bo‘lgan xalqaro moda haftaligi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 2024-yildan har ikki yilda bir marta mukofot jamg‘armasi 2 mln dollar bo‘lgan xalqaro “O‘zbekiston ipak matolari” moda haftaligi o‘tkaziladi. Shuningdek, “Zomin”, “Chimyon” va “Amirsoy”da boj olinmaydigan (“duty free”) yirik savdo komplekslari quriladi.

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayevning lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqiladi
18 yanvar 2024, 11:13

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayevning lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqiladi

Prezident raisligidagi videoselektorda investitsiyalar sohasida chorak yakunigacha o‘zgarish qilmasa, kompleks uchun mas’ul bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayevning lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.

19−21-yanvar kunlari tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
18 yanvar 2024, 11:09

19−21-yanvar kunlari tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

Yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli 19−21-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud.

Toshkent aeroporti faoliyati qalin tuman sabab vaqtincha cheklandi
18 yanvar 2024, 10:46

Toshkent aeroporti faoliyati qalin tuman sabab vaqtincha cheklandi

Payshanba tongidagi qalin tuman Toshkent aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi. Bir qancha reyslar Samarqand, Farg‘ona, Namangandagi muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi parvozlar kechikib amalga oshirilishini ma’lum qildi.

“Mahallaning qurbi yetmaydigan ishning o‘zi yo‘q”. Mahallalar uyushmasi faollarga murojaat qildi
18 yanvar 2024, 10:08

“Mahallaning qurbi yetmaydigan ishning o‘zi yo‘q”. Mahallalar uyushmasi faollarga murojaat qildi

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi ta’sis konferensiyasida mahalla faollariga murojaat qilindi. Unda mahalla “odamlarga eng yaqin xalqchil tuzilmaga, chinakam xalq vijdoni”ga aylanib borayotgani ta’kidlanib, faoliyatni “sifat jihatdan yangi bosqichga” ko‘tarish zarurligi qayd etildi.

17-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
17 yanvar 2024, 23:03

17-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Toshkentdagi ekovaziyatni yaxshilash rejalari, xususiylashtirilayotgan “Paxtakor”, Xitoy taklif qilayotgan g‘ildirakli tramvaylar, boshqa ishga o‘tgan Qahramon Quronboyev va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentda ichida qurilish materiallari bo‘lgan konteyner yonib ketdi
17 yanvar 2024, 19:58

Toshkentda ichida qurilish materiallari bo‘lgan konteyner yonib ketdi

Poytaxtning Bektemir tumanida ichida qurilish materiallari bo‘lgan konteynerda yong‘in sodir bo‘ldi. Uzum Market marketpleysi kompaniya ombori yonayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi — yong‘in qo‘shni hovlida sodir bo‘lgan.

Toshkent hokimligiga g‘ildirakli tramvaylar taklif etildi
17 yanvar 2024, 17:45

Toshkent hokimligiga g‘ildirakli tramvaylar taklif etildi

Xitoyning CRRC korporatsiyasi vakillari Toshkent hokimligiga g‘ildirakli tramvaylarni namoyish etdi. Ularni Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab “yashil transport yo‘lagi” loyihasi doirasida poytaxt transport tizimiga birlashtirish taklif qilinmoqda.

Sanepidqo‘mita “zararli” havodan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi
17 yanvar 2024, 17:18

Sanepidqo‘mita “zararli” havodan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Sanepidqo‘mita Toshkent havosi tarkibida ko‘paygan PM2,5 zarrachalari salomatlikka qanday ta’sir qilishi bo‘yicha ma’lumot hamda havo sifati yomonlashganda nimalar qilish kerakligi haqida tavsiyalar berdi.

Farg‘onada 11 yoshli qiz zo‘rlab, o‘ldirib ketilgani yuzasidan uch o‘smirga hukm o‘qildi
17 yanvar 2024, 15:06

Farg‘onada 11 yoshli qiz zo‘rlab, o‘ldirib ketilgani yuzasidan uch o‘smirga hukm o‘qildi

Farg‘ona shahrida 11 yoshli qizning murdasi zo‘rlash alomatlari bilan topilgandi. Sud ish bo‘yicha uch nafar gumonlanuvchiga nisbatan hukm chiqardi. Ularning ikkisi 13 va 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Biriga nisbatan esa 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Nuz.uz jurnalistini ushlagan shaxslarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi
17 yanvar 2024, 13:37

Nuz.uz jurnalistini ushlagan shaxslarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

Bosh prokuratura Nuz.uz jurnalisti Mixail Dovlatovni ushlab, uning faoliyatiga to‘sqinlik qilgan huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlanganini ma’lum qildi.

Endi fuqarolar mansabdor shaxslar qarorlari ustidan ma’muriy sudga murojaat qilganda davlat boji to‘lamaydi
17 yanvar 2024, 11:43

Endi fuqarolar mansabdor shaxslar qarorlari ustidan ma’muriy sudga murojaat qilganda davlat boji to‘lamaydi

O‘zbekistonda endi fuqarolar o‘z huquq va manfaatlarini buzayotgan mansabdor shaxslar qarorlari ustidan ma’muriy sudga murojaat qilganda davlat boji to‘lamaydi.

Toshkent havosi yana “zararli” darajani ko‘rsatdi
17 yanvar 2024, 10:33

Toshkent havosi yana “zararli” darajani ko‘rsatdi

O‘zbekiston poytaxtida ertalab havo yana “zararli” darajaga yetdi. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, РМ2,5 zarralari tarkibi JSST tavsiyalaridan 23,8 barobar oshdi. IQAir reytingida shahar 8-o‘ringa chiqdi. Rasmiylar bunday holatlar bo‘yicha ogohlantirishlar yoki tavsiyalarni hanuzgacha e’lon qilgani yo‘q.

Toshkent sudi Nuz.uz jurnalistiga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ishni tugatdi
16 yanvar 2024, 23:37

Toshkent sudi Nuz.uz jurnalistiga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ishni tugatdi

Sud Nuz.uz jurnalisti Mixail Dovlatovga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ishni tugatdi. Sud ishi mayda bezorilik va ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik moddalari bilan ochilgandi. Toshkent shahri IIBB jurnalist jamoat joyida chekkani uchun jarimaga tortilganini ma’lum qilgan.

16-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
16 yanvar 2024, 23:11

16-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

O‘zbekistonliklarga viza rejimini bekor qilgan BAA, ishdan olinishi mumkin bo‘lgan hokimlar, prezidentning 2024-yilda iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishi, SSVga tushgan yolg‘on chaqiriqlar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan va jarohatlanganlarni O‘zbekistonga qaytarish ishlari olib borilmoqda — FVV
16 yanvar 2024, 22:38

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan va jarohatlanganlarni O‘zbekistonga qaytarish ishlari olib borilmoqda — FVV

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Rossiyaning Samara viloyatida YTHga uchragan Lada Largus avtomobilida yetti nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganini tasdiqladi. Ularning uch nafari vafot etgan, to‘rt nafari esa davolanmoqda. Tegishli tashkilotlar ularni vatanga qaytarish ustida ishlamoqda.

Talaba qiz turmushga chiqishga majburlanayotgani bo‘yicha bolalar ombudsmaniga shikoyat qildi, unga himoya orderi berildi
16 yanvar 2024, 19:01

Talaba qiz turmushga chiqishga majburlanayotgani bo‘yicha bolalar ombudsmaniga shikoyat qildi, unga himoya orderi berildi

Shahrisabzda 17 yoshli qiz turmushga chiqishga majburlangach, bolalar ombudsmaniga murojaat qildi. U ombudsmandan avval o‘qishini tugatmoqchi ekanini aytib, yordam so‘radi. Qizga himoya orderi berildi, ota-onasi esa majburiy nikoh uchun javobgarlik borligidan ogohlantirildi.

BAA o‘zbekistonliklar uchun vizani bekor qildi
16 yanvar 2024, 17:53

BAA o‘zbekistonliklar uchun vizani bekor qildi

BAA hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejimini joriy qildi. Hujjat 16-fevraldan kuchga kiradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting