Jamiyat

Toshkentdagi kafeda sodir bo‘lgan yong‘inda 3 kishi jarohat oldi
13 yanvar 2024, 11:34

Toshkentdagi kafeda sodir bo‘lgan yong‘inda 3 kishi jarohat oldi

Mirobod tumanida joylashgan kafeda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 3 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi. Yong‘in sabab kafening 150−200 kv. metr maydonida tom va shift qismi zararlandi.

USAID Toshkentdagi “Energiya” MDMga 1,4 mln dollarlik asbob-uskunalar topshirdi
13 yanvar 2024, 10:50

USAID Toshkentdagi “Energiya” MDMga 1,4 mln dollarlik asbob-uskunalar topshirdi

USAID “Energiya” muvofiqlashtirish va dispetcherlik markaziga energetika sektorini boshqarish bo‘yicha 1,4 mln dollarlik asbob-uskunalar va dasturiy ta’minot topshirdi. Mazkur texnologiyalar markaz dispetcherlariga mintaqadagi energiya rejimini saqlash uchun dolzarb ma’lumotlarni namoyish qilish imkonini beradi.

O‘zbekistonda endi begona shaxslarni uydan ro‘yxatdan chiqarish uchun ularning roziligi talab etilmaydi
13 yanvar 2024, 10:42

O‘zbekistonda endi begona shaxslarni uydan ro‘yxatdan chiqarish uchun ularning roziligi talab etilmaydi

Hukumat qarori bilan begona shaxslarni uy doimiy ro‘yxatidan chiqarish uchun ularning roziligini olish bekor qilindi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish to‘g‘risidagi nizomning yangi tahriri tasdiqlandi.

Toshkentda Matiz yonib ketdi
13 yanvar 2024, 09:37

Toshkentda Matiz yonib ketdi

Yunusobod tumanida Matiz butunlay yonib ketdi. Yong‘in kelib chiqishiga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Toshkent shahar IIBB haydovchilardan avtomobilning texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishni so‘radi.

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadi Urganchga olib kelindi
13 yanvar 2024, 09:21

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadi Urganchga olib kelindi

Rossiyaning Penza viloyatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada halok bo‘lgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi jasadlari maxsus reys bilan Urganchga olib kelindi. Barcha vafot etganlar Xorazm viloyatidan bo‘lgan.

12-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
12 yanvar 2024, 22:54

12-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Havo sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar bergan Ekologiya vazirligi, elektrotexnika jihozlari uchun uzaytirilayotgan imtiyozlar, yoshlarni vatanparvar qilib tarbiyalash tizimini yaxshilashni aytgan prezident, tadbirkorlar uchun bekor qilinayotgan litsenziyalar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan yana ikki ayol Turkiyada qo‘lga olindi
12 yanvar 2024, 19:46

O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan yana ikki ayol Turkiyada qo‘lga olindi

Istanbulda 2017 va 2018-yillardan buyon odam savdosida ayblanib qidiruvda bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bir necha kun avval “Madam Klod” nomi bilan tanilgan yana bir o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olingani xabar qilingan edi.

Dam olish kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘adi
12 yanvar 2024, 19:04

Dam olish kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘adi

Shanba kuni O‘zbekiston hududiga nam havo massasi, yakshanba kuni esa antitsiklon kirib kelishi boshlanadi. Dam olish kunlari ba’zi joylarda qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +10…+15 daraja bo‘ladi.

2023-yilda O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimida keng o‘zgarishlar kiritildi
12 yanvar 2024, 19:00

2023-yilda O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimida keng o‘zgarishlar kiritildi

O‘tgan 2023-yil davomida O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimida keng ko‘lamli yangiliklar kiritilib, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayoni yanada yengillashdi. Asosiy e’tibor iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratildi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (13−14-yanvar)
12 yanvar 2024, 18:19

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (13−14-yanvar)

6 ta kinopremera, “Men g‘olib” yugurish musobaqasi, o‘zbek tiliga bag‘ishlangan ko‘rgazma, spektakllar, havaskorlar o‘rtasidagi shaxmat turniri, “Sahna” stendap klubdagi yumoristik tadbirlar, do‘konlardagi chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Yaxyojon Abdulxakov lavozimidan bo‘shatildi
12 yanvar 2024, 17:15

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Yaxyojon Abdulxakov lavozimidan bo‘shatildi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Tergov departamenti rahbari Yaxyojon Abdulxakov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Toshkentdan Istanbulga uchgan samolyot bortida fuqaro vafot etdi
12 yanvar 2024, 17:09

Toshkentdan Istanbulga uchgan samolyot bortida fuqaro vafot etdi

Toshkentdan Istanbulga uchgan Uzbekistan Airways samolyotida fuqaro vafot etdi. Parvoz chog‘ida surunkali kasallikka chalingan yo‘lovchi yurak xurujini boshdan kechirgan. Turkiyadagi elchixona marhumning jasadi O‘zbekistonga jo‘natilganini bildirdi.

Ai-80 benzini, ko‘mir, mazutni taqiqlash va qurilishga moratoriy. Toshkent havosini muhofaza qilish chora-tadbirlari taklif etildi
12 yanvar 2024, 14:50

Ai-80 benzini, ko‘mir, mazutni taqiqlash va qurilishga moratoriy. Toshkent havosini muhofaza qilish chora-tadbirlari taklif etildi

Ekologiya vazirligi Toshkent shahrida havoni muhofaza qilish choralarini taklif qildi. IESlarda mazut va ko‘mirdan foydalanishni, Ai-80 rusumli benzinni taqiqlash, yuk mashinalarining tig‘iz vaqtlarda harakatlanishini cheklash va markaziy ko‘chalarda mashinalardan xoli hududlar tashkil etish shular jumlasidan.

Toshkentda havoni nimalar ifloslantiradi va uni qanday yaxshilash kerak? Ekologiya vazirligi bayonoti
12 yanvar 2024, 14:46

Toshkentda havoni nimalar ifloslantiradi va uni qanday yaxshilash kerak? Ekologiya vazirligi bayonoti

Ekologiya vazirligi Toshkent shahrida havo ifloslanishining asosiy omillari sifatida IESlarda ko‘mir va mazutdan foydalanish, qurilishlar va daraxtlarni kesish ko‘paygani, sifatsiz yonilg‘ida yuruvchi transportlardan chiqayotgan tashlamalar ortgani kabilarni sanadi. Havoni yaxshilash bo‘yicha takliflarini bildirdi.

Toshkentda yashirin narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘yildi
12 yanvar 2024, 12:20

Toshkentda yashirin narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘yildi

DXX Shayxontohur tumanida “logistika bilan shug‘ullanuvchi” uyda narkolaboratoriya tashkil etgan ikki shaxsni ushladi. 26 kiloga yaqin mefedron, 400 kilodan ortiq kimyoviy moddalar hamda asbob-uskunalar rasmiylashtirib olindi. Narkotik moddalarning qora bozordagi qiymati 900 ming dollarga tengligi aytilmoqda.

Ofis xodimlariga xos kasalliklardan qanday himoyalanish mumkin?
12 yanvar 2024, 12:17

Ofis xodimlariga xos kasalliklardan qanday himoyalanish mumkin?

Asosiy vaqti kompyuter qarshisida o‘tadigan ofis xodimlarining katta qismi kamharakat, ularga jismoniy faollik yetishmaydi. Kamharakatlilik esa aksariyat xastaliklar boshi. Buning oldini olish uchun nima qilish kerak? Respublika travmatologiya markazi rahbari bu boradagi oson tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.

Sirdaryoda 62,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi
12 yanvar 2024, 09:44

Sirdaryoda 62,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi

Boyovut tumanidagi metan “zapravka”lardan biri 62,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

11-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
11 yanvar 2024, 23:06

11-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Ichki ishlar xodimlari tasvirini obro‘sizlantirish maqsadida tarqatganlik uchun jazo, Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar, taqiqlangan sahifalarning yangi ro‘yxati, Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashgan ombudsman va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan va jabrlangan o‘zbekistonliklar vatanga qaytariladi — FVV
11 yanvar 2024, 21:53

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan va jabrlangan o‘zbekistonliklar vatanga qaytariladi — FVV

Prezident Rossiyaning Penza viloyatida sodir bo‘lgan YTHda halok bo‘lgan yetti nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadini, shuningdek, jabrlangan ikki nafar fuqaroni Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida vatanga qaytarish bo‘yicha topshiriq berdi.

Telegram`da ayollarning intim suratlarini tarqatgan bir guruh shaxslarga nisbatan hukm o‘qildi
11 yanvar 2024, 21:19

Telegram`da ayollarning intim suratlarini tarqatgan bir guruh shaxslarga nisbatan hukm o‘qildi

Sud Telegram`dagi pulli kanallarda ayollarning intim suratlarini tarqatgan bir guruh shaxslarni 3 yildan 7 yilgacha qamoq jazosiga hukm qildi. Sud ishi bo‘yicha 62 kishi, jumladan, 55 nafar ayol jabrlanuvchi va da’vogar bo‘lgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting