Jamiyat

Olimjon O‘sarov Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi etib saylandi
4 iyun 2021, 16:02

Olimjon O‘sarov Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi etib saylandi

«Nuroniy» gazetasi bosh muharriri sifatida ishlab kelgan Olimjon O‘sarov Jurnalistlari ijodiy uyushmasining yangi raisi etib saylandi.

Dam olish kunlari anomal issiq bo‘ladi
4 iyun 2021, 14:53

Dam olish kunlari anomal issiq bo‘ladi

Dam olish kunlari anomal issiq havo harorati +43 darajagacha, kechasi esa +27 darajagacha saqlanib qoladi. Ayrim tog‘li hududlarda shamol ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

2021 yil 4 oy davomida 12 806 ta oilaviy ajrashish bo‘lgan
4 iyun 2021, 14:39

2021 yil 4 oy davomida 12 806 ta oilaviy ajrashish bo‘lgan

2021 yilning ilk to‘rt oyida oilaviy ajrashishlar soni oldingi yilga nisbatan 4897 taga ko‘p bo‘lgan.

Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
4 iyun 2021, 12:00

Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda Nexia-3, Lacetti va Mercedes-Benz ishtirokida to‘qnashuv bo‘ldi. Oqibatda bir nafar haydovchi va ikki yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Katta tezlikda mashina haydash oqibatida vafot etgan haydovchiga janoza o‘qiladi — Musulmonlar idorasi
4 iyun 2021, 09:59

Katta tezlikda mashina haydash oqibatida vafot etgan haydovchiga janoza o‘qiladi — Musulmonlar idorasi

Katta tezlikda mashina haydash oqibatida vafot etgan haydovchining o‘z joniga qasd qilishi maqomida bo‘lishiga fatvo berildi. Musulmonlar idorasi «Gazeta.uz»ga ushbu shaxslarga ham janoza o‘qilishini ma’lum qildi.

3 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
3 iyun 2021, 20:30

3 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentdagi bo‘ronning sabalari, yangi elektr stansiyasi qurilishi rejasi, metro atrofidagi daraxtlarning ko‘chirilishi, yangi ko‘krak nishon ta’sis etilishi, prezidentning “Zulfiyachi” qizga sovg‘asi — “Gazeta.uz"ning 3 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Fatvo: Katta tezlikda mashina haydash oqibatida vafot etgan haydovchi o‘z joniga qasd qilgan maqomida bo‘ladi
3 iyun 2021, 19:41 1

Fatvo: Katta tezlikda mashina haydash oqibatida vafot etgan haydovchi o‘z joniga qasd qilgan maqomida bo‘ladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etish masalasidagi savolga javob berar ekan, katta tezlikda mashina haydash oqibatida vafot etgan haydovchining o‘z joniga qasd qilish maqomida bo‘lishiga fatvo berdi.

To‘rt oy davomida 2000 dan ziyod noqonuniy daraxt kesish holatlari aniqlandi
3 iyun 2021, 18:53

To‘rt oy davomida 2000 dan ziyod noqonuniy daraxt kesish holatlari aniqlandi

2021 yilning yanvar-aprel oylarida Ekologiya qo‘mitasi daraxt va butalarni noqonuniy kesish bo‘yicha 2000 dan ortiq holatlarni aniqladi. Natijada tabiatga qariyb 5 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi.

Janubiy Koreya tajribasi va texnologiyalari asosida onkologik shifoxonalar quriladi
3 iyun 2021, 18:08

Janubiy Koreya tajribasi va texnologiyalari asosida onkologik shifoxonalar quriladi

Janubiy Koreya O‘zbekistonga onkologik shifoxonalar qurish tajribasi va texnologiyalarini taqdim etadi. Toshkentda ixtisoslashtirilgan onkologik kasalxonalar qurish tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Prezident surxondaryolik «Zulfiyachi» qizga Spark avtomashinasini sovg‘a qildi
3 iyun 2021, 17:28

Prezident surxondaryolik «Zulfiyachi» qizga Spark avtomashinasini sovg‘a qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda «Zulfiya» mukofoti sovrindori Ruxshona Abdurazzoqova bilan suhbat davomida unga Spark avtomashinasini sovg‘a qildi. Mashina 3 iyun kuni Ruxshona Abdurazzoqovaga topshirildi.

YHXBB Termizdagi avariyaga prezident korteji aloqadorligini rad etdi
3 iyun 2021, 17:12

YHXBB Termizdagi avariyaga prezident korteji aloqadorligini rad etdi

Termizda sodir bo‘lgan YTHda shahar obodonlashtirish bo‘limida ishlaydigan ayol jarohatlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda uni prezidentni kutib olish uchun tashkil etilgan kortejdagi avtomobil urib yuborgani haqida xabar tarqalgan. Biroq YHXBB ushbu ma’lumotni rad etdi. Jabrlanuvchining ahvoli og‘ir.

O‘zbekistonda erta turmush holatlari 97%ga kamaygan
3 iyun 2021, 17:02

O‘zbekistonda erta turmush holatlari 97%ga kamaygan

2020 yilda 88 ta erta nikoh holati qayd etilgan. Bu 2019 yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan deyarli bir baravar kamroq. Shuningdek, o‘tgan yili 1044 ta erta tug‘ruq holati qayd etilgan.

Mo‘ynoqda ikki o‘smir kanalda cho‘kib ketib, halok bo‘ldi
3 iyun 2021, 15:32

Mo‘ynoqda ikki o‘smir kanalda cho‘kib ketib, halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida ikki o‘smir kanalda cho‘milayotib, suvga cho‘kib ketdi. Natijada ikki o‘smir ham halok bo‘lgan.

«Xalqlar do‘stligi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi
3 iyun 2021, 14:50

«Xalqlar do‘stligi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Hukumat qarori bilan «Xalqlar do‘stligi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Mazkur nishon millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitining mustahkamlanishiga munosib hissa qo‘shgan mahalliy va xorijiy fuqarolarga beriladi.

Prezident administratsiyasi bir nechta Mercedes Benz avtomobillarini sotuvga qo‘ydi
3 iyun 2021, 13:57

Prezident administratsiyasi bir nechta Mercedes Benz avtomobillarini sotuvga qo‘ydi

Kim oshdi savdosiga qo‘yilgan barcha avtomobillar PPP avtoraqamlariga ega bo‘lib, 2003−2004 yillarda ishlab chiqarilgan. Boshlang‘ich narxlari 129,6 mln so‘mdan 136 mln sumgacha deb belgilanmoqda.

«Arzon mashina olgan odamning qadri yo‘qmi?» Rasul Kusherbayev xavfsizlik yostiqchasi bo‘lmagan avtomobillar haqida
3 iyun 2021, 13:20

«Arzon mashina olgan odamning qadri yo‘qmi?» Rasul Kusherbayev xavfsizlik yostiqchasi bo‘lmagan avtomobillar haqida

Deputat Rasul Kusherbayev UzAutoMotors mashinalari «pachoqlanib» ketayotganliklari ularning xavfsizlik jihatidan yaxshi jihozlanmaganligida ekanligini ta’kidladi. «Ilgari odamlarni temir o‘ldirgan bo‘lsa, hozir plastmassa o‘ldiryapti. Avtomobillar agar shunchalik yaxshi chiqayotgan bo‘lsa, nimaga haligacha o‘lim xavfi ko‘payib bormoqda?», — dedi deputat. Avtomobil yo‘llari bo‘yicha mutaxassis Orifjon Nazarov mashinalar sifatini tanqid qilishdan ko‘ra, haydovchilar madaniyatini oshirish kerakligini ta’kidladi.

Sergeli — Qo‘yliq yerusti metrosi qurilishi atrofidagi 785 ta daraxt boshqa joyga ko‘chiriladi
3 iyun 2021, 12:27

Sergeli — Qo‘yliq yerusti metrosi qurilishi atrofidagi 785 ta daraxt boshqa joyga ko‘chiriladi

Yerusti metrosining Mirobod tumanidan o‘tadigan qismidagi 66 ta, Sergeli tumanidan o‘tadigan qismidagi 168 ta, Yangihayot tumanidan o‘tadigan qismidagi 551 ta — jami 785 ta daraxt boshqa joyga ko‘chiriladi. Ko‘chirish imkoni bo‘lmasa ularni kesishga ruxsat berilgan. Kesiladigan har bir daraxt uchun kompensatsiya sifatida 10 tup ko‘chatlarni ekish va ikki yil parvarishlash majburiyati yuklatiladi.

«Eshikni ochsam davlat rahbari kirib keldi». Prezident Surxondaryoda «Zulfiyachi» qizning xonadonida bo‘ldi
3 iyun 2021, 11:23

«Eshikni ochsam davlat rahbari kirib keldi». Prezident Surxondaryoda «Zulfiyachi» qizning xonadonida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi davomida Termizda qurilgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi. Prezident xonadonlardan birida «Zulfiya» mukofoti sovrindori va uning onasi bilan suhbatda bo‘lib, undan g‘ururlanishini ta’kidladi.

AQSh O‘zbekistonga ikkita seysmik stansiya uchun uskunalar yubordi
3 iyun 2021, 11:19

AQSh O‘zbekistonga ikkita seysmik stansiya uchun uskunalar yubordi

AQSh Seysmoprognostik monitoring respublika markaziga Jizzax viloyatida ikkita vaqtinchalik seysmik stansiyalar qurish uchun 14 ming dollarlik uskunalarni topshirdi.

Toshkentdagi qurilishlar qum va changli bo‘ronning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda — O‘zgidromet
3 iyun 2021, 10:27

Toshkentdagi qurilishlar qum va changli bo‘ronning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda — O‘zgidromet

Poytaxtda may oyidan buyon kuzatilayotgan qum va changli bo‘ronlar shaharda jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan qurilishlar sababli kelib chiqmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting