O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasining navbatdan tashqari konferensiyasida Olimjon O‘sarov bir ovozdan Jurnalistlari ijodiy uyushmasining yangi raisi etib saylandi, deya xabar berdi AOKA.

Olimjon O‘sarov (1973 y.t.) O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini (1996), Toshkent Davlat yuridik institutining sud-prokurorlik fakultetini (2002) tamomlagan.

U Oliy Majlis Qonunchalik palatasi deputati, Oliy sud axborot xizmati rahbari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. U shu paytga qadar «Nuroniy» gazetasi bosh muharriri sifatida ishlab kelayotgan edi.

Jurnalistlar uyushmasining sobiq rahbari Sa’dulla Hakimov 2020 yil oktyabrida vafot etgan edi.