Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida ikki o‘smir kanalda cho‘kib ketib, halok bo‘ldi. Bu haqda «Gazeta.uz» ga Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2 iyun soat 14:10 larda sodir bo‘lgan. Madeli OFY Shege ovulida yashovchi, K.N. ning (1945 y.t.) uyiga mehmonga kelgan nabiralari, Mo‘ynoq tumani Ubbiniyazov ko‘chasida yashagan, 3-sonli o‘rta maktabning 6-sinf o‘quvchisi, R.J. (2009 y.t.) va birga yashagan ukasi, yuqoridagi o‘rta maktabning 5-sinf o‘quvchisi, D.J lar (2010 y.t.) Madeli OFY hududidan oqib o‘tuvchi «Qipshaqdaryo» kanalida cho‘milayotib, suvga cho‘kib ketganlar.

Jasadlar suvdan olinib, sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan. Surishtiruvni prokuratura olib bormoqda.