“Agneshka Pikulitskaga akkreditatsiya berilmaganligi — siyosiy xato” — siyosatshunos

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Tashqi ishlar vazirligi polshalik jurnalist Agneshka Pikulitskaning akkreditatsiyasini uzaytirmaganligini siyosiy xato deb atadi. “Biron bir xorijiy jurnalistlar qonunchilikni jiddiy buzadigan bo‘lsa, uni tezda haydash emas, qonunchilikka bo‘ysundirishning ohista yo‘llari ishga solinishi kerak”, — deydi u.

Toshkentdagi qurilishlar qum va changli bo‘ronning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda — O‘zgidromet

Poytaxtda may oyidan buyon kuzatilayotgan qum va changli bo‘ronlar shaharda jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan qurilishlar sababli kelib chiqmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.

AQSh O‘zbekistonga ikkita seysmik stansiya uchun uskunalar yubordi

AQSh Seysmoprognostik monitoring respublika markaziga Jizzax viloyatida ikkita vaqtinchalik seysmik stansiyalar qurish uchun 14 ming dollarlik uskunalarni topshirdi.

Farg‘onada yirik quyosh elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Xitoyning Liaoning Lide kompaniyasi Farg‘ona viloyati hududida tahminiy qiymati $700 mln ga yetadigan, quvvati 1200 MVtgacha bo‘lgan yirik quyosh elektr stansiyasini barpo etishni rejalashtirmoqda.

Sergeli — Qo‘yliq yerusti metrosi qurilishi atrofidagi 785 ta daraxt boshqa joyga ko‘chiriladi

Yerusti metrosining Mirobod tumanidan o‘tadigan qismidagi 66 ta, Sergeli tumanidan o‘tadigan qismidagi 168 ta, Yangihayot tumanidan o‘tadigan qismidagi 551 ta — jami 785 ta daraxt boshqa joyga ko‘chiriladi. Ko‘chirish imkoni bo‘lmasa ularni kesishga ruxsat berilgan. Kesiladigan har bir daraxt uchun kompensatsiya sifatida 10 tup ko‘chatlarni ekish va ikki yil parvarishlash majburiyati yuklatiladi.

“Arzon mashina olgan odamning qadri yo‘qmi?” Rasul Kusherbayev xavfsizlik yostiqchasi bo‘lmagan avtomobillar haqida

Deputat Rasul Kusherbayev UzAutoMotors mashinalari “pachoqlanib” ketayotganliklari ularning xavfsizlik jihatidan yaxshi jihozlanmaganligida ekanligini ta’kidladi. “Ilgari odamlarni temir o‘ldirgan bo‘lsa, hozir plastmassa o‘ldiryapti. Avtomobillar agar shunchalik yaxshi chiqayotgan bo‘lsa, nimaga haligacha o‘lim xavfi ko‘payib bormoqda?”, — dedi deputat. Avtomobil yo‘llari bo‘yicha mutaxassis Orifjon Nazarov mashinalar sifatini tanqid qilishdan ko‘ra, haydovchilar madaniyatini oshirish kerakligini ta’kidladi.

O‘zstandart agentligi tugatilmoqda

Prezident farmoni bilan O‘zstandart agentligi negizida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashkil etilmoqda.

Prezident administratsiyasi bir nechta Mercedes Benz avtomobillarini sotuvga qo‘ydi

Kim oshdi savdosiga qo‘yilgan barcha avtomobillar PPP avtoraqamlariga ega bo‘lib, 2003−2004 yillarda ishlab chiqarilgan. Boshlang‘ich narxlari 129,6 mln so‘mdan 136 mln sumgacha deb belgilanmoqda.

“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Hukumat qarori bilan “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Mazkur nishon millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitining mustahkamlanishiga munosib hissa qo‘shgan mahalliy va xorijiy fuqarolarga beriladi.

Toshkentda uchta ko‘prik va yo‘l qurilishi 518,3 mlrd so‘mgacha qimmatlashganiga izoh berildi

Toshkentning Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘laydigan olti qatorli yo‘l va uchta yo‘l o‘tkazgich qurilishi bahosi 280 mlrd so‘mdan 518,3 mlrd so‘mgacha oshirildi. Poytaxt hokimiyati va bosh pudratchi buni qurilish materiallari narxi oshgani va loyiha qo‘shimcha ishlab chiqilgani bilan izohladi.

Mo‘ynoqda ikki o‘smir kanalda cho‘kib ketib, halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida ikki o‘smir kanalda cho‘milayotib, suvga cho‘kib ketdi. Natijada ikki o‘smir ham halok bo‘lgan.

O‘zbekistonda erta turmush holatlari deyarli bir baravarga kamaygan

2020 yilda 88 ta erta nikoh holati qayd etilgan. Bu 2019 yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan deyarli bir baravar kamroq. Shuningdek, o‘tgan yili 1044 ta erta tug‘ruq holati qayd etilgan.

YHXBB Termizdagi avariyaga prezident korteji aloqadorligini rad etdi

Termizda sodir bo‘lgan YTHda shahar obodonlashtirish bo‘limida ishlaydigan ayol jarohatlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda uni prezidentni kutib olish uchun tashkil etilgan kortejdagi avtomobil urib yuborgani haqida xabar tarqalgan. Biroq YHXBB ushbu ma’lumotni rad etdi. Jabrlanuvchining ahvoli og‘ir.

Prezident surxondaryolik “Zulfiyachi” qizga Spark avtomashinasini sovg‘a qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Zulfiya” mukofoti sovrindori Ruxshona Abdurazzoqova bilan suhbat davomida unga Spark avtomashinasini sovg‘a qildi. Mashina 3 iyun kuni Ruxshona Abdurazzoqovaga topshirildi.

Ryanair bilan bo‘lgan voqeadan so‘ng “Belavia” 21 ta mamlakatga reyslardan quruq qoldi

Hozirda aviakompaniya faqat sakkizta mamlakatga ucha oladi. Ular ichida O‘zbekiston ham bor. 7 ta mamlakat hukumati o‘z aviakompaniyalaridan Belarusni aylanib o‘tishni rasman talab qilgan.

Technovation Girls xalqaro tanlovining yarim finalida O‘zbekistondan to‘rtta jamoa qatnashadi

1 iyun kuni Toshkentda Technovation Girls tanlovining beshinchi mavsumi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yil dunyo bo‘ylab tanlovda 1700 ta jamoa o‘z loyihalarini taqdim etdi va O‘zbekiston eng ko‘p jamoalar qatnashgan TOP-10 mamlakatlar qatoriga kirdi. Tanlovning yarim final bosqichida O‘zbekistondan to‘rtta jamoa ishtirok etadi.

Janubiy Koreya tajribasi va texnologiyalari asosida onkologik shifoxonalar quriladi

Janubiy Koreya O‘zbekistonga onkologik shifoxonalar qurish tajribasi va texnologiyalarini taqdim etadi. Toshkentda ixtisoslashtirilgan onkologik kasalxonalar qurish tashkil etish rejalashtirilmoqda.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

“Eshikni ochsam davlat rahbari kirib keldi”. Prezident Surxondaryoda “Zulfiyachi” qizning xonadonida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi davomida Termizda qurilgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi. Prezident xonadonlardan birida “Zulfiya” mukofoti sovrindori va uning onasi bilan suhbatda bo‘lib, undan g‘ururlanishini ta’kidladi.