2021 yilning 4 oyi davomida daraxt va butalarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq 2014 ta qonunbuzilish holati aniqlandi, deya ma’lum qildi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Ozod Rajabov AOKAda o‘tkazilgan brifingda.

«1313 ta tup qimmatli daraxt noqonuniy ravishda kesilgani, 619 ta tup daraxt shikastlantirilgani yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan 2,5 mlrd so‘m ma’muriy jarima belgilanib, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar jami 4 mlrd 988 mln so‘m miqdorida hisoblandi», — dedi va 113 ta ekoqoidabuzarlik mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilganini qo‘shimcha qildi u.

Matbuot kotibining ta’kidlashicha, moratoriy davomida 5609 jismoniy va yuridik shaxslar o‘rmon fondiga kiritilmagan deyarli 260 ming tup daraxt va butalarni kesishga ruxsat so‘ragan. Shu bilan birga, Davlat ekologiya qo‘mitasi 182 mingdan ortiq daraxtlarni, jumladan 91 ming tupi qimmatbaho turlarni kesishga ruxsat berishni rad etdi, deya izoh berdi Ozod Rajabov.

Fevral boshida «Gazeta.uz» davlat o‘rmon fondi tarkibiga kirmaydigan qimmatbaho daraxt va buta turlarini kesishga moratoriy 2021 yil 31 dekabrgacha uzaytirilgani haqida yozgan edi.