Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi onkologik shifoxonalar qurish bo‘yicha koreys tajribasi va texnologiyalari bilan tanishish maqsadida Janubiy Koreyaga bordi, deya xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Janubiy Koreya tajribasi Toshkentda kasallikning og‘irligi yuqori bo‘lgan onkologik bemorlarni davolash va operatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan onkologik kasalxonani qurishda qo‘llaniladi. Bino Toshkent tibbiyot akademiyasi hududida joylashiraladi. Bo‘lajak qurilish maydoniga prezident Shavkat Mirziyoyev may oyi o‘rtalarida tashrif buyurib, shifoxonani loyihalashtirish va qurishda Janubiy Koreya tajribasidan foydalanishni topshirgan edi.

O‘zbekiston tomoni janubiy koreyalik ekspertlar va yetakchi kompaniyalarga onkologik shifoxonalar qurishda ishtirok etishni taklif qildi. Koreya Respublikasi Kvon Dok Chol O‘zbekiston xalqi salomatligini yaxshilashga hissa qo‘shishdan mamnunligini bildirib, yuqori darajali onkologik shifoxonalar qurish bo‘yicha Janubiy Koreya hukumati nou-xaularini taqdim etishini ta’kidladi.

Muzokaralar natijasida tomonlar hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolaydigan bo‘ldi. Shuningdek, Janubiy Koreya Milliy saraton markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar va uzoq muddatli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, Xalqaro saraton universitetiga O‘zbekiston tibbiyot oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini onkologiya sohasida magistrlik darajasini olish uchun yuborish, shifokorlar va tibbiyot xodimlari almashinuvini tashkil etish, O‘zbekistonga Janubiy Koreyalik onkologlarni jalb etishga kelishib olindi.