Prezident ma’muriyatining transport bo‘limi bir nechta Mercedes Benz avtomobillarini kim oshdi savdosiga qo‘ydi.

Bular uchta Mercedes Benz E240, bitta Mercedes Benz E320 avtomobillari bo‘lib, barchasi texnik jihatdan xizmatga yaroqli. Avtomobillar qora rangda, 2003−2004 yillarda ishlab chiqarilgan. Yurgan masofasi 378 325 dan 854 240 km gacha.

Sotuvga qo‘yilgan ushbu avtomobillarning barchasi PPP avtoraqamlariga ega. Boshlang‘ich narxlar — 129,6 mln so‘mdan 136 mln sumgacha.

Shuningdek, kim oshdi savdosiga 1996 yilda ishlab chiqarilgan, yurgan masofasi 352 110 km ga teng bo‘lgan, oq rangdagi Mercedes Benz 412 D KA ham qo‘yilgan. Uning boshlang‘ich narxi 188,1 mln so‘mga teng.

Barcha lotlar bo‘yicha arizalar 15 iyungacha qabul qilinadi, kim oshdi savdosi 17 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.