3 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi katta tezlikda mashina haydash oqibatida vafot etgan haydovchi o‘z joniga qasd qilgan maqomida bo‘lishi haqida fatvo berdi.

«Gazeta.uz» muxbiri ushbu shaxslarga janoza o‘qilishi yoki o‘qilmasligi haqida izoh olish uchun Musulmonlar idorasi bilan bog‘landi. Fatvo bo‘limi mudiri G‘ulomjon Xolboyev ushbu masalaga oydinlik kiritdi.

«Bizning hanafiy mazhabimizda o‘z joniga qasd qilgan kishiga ham janoza o‘qiladi. Shunday ekan, tezlikni oshirgani sabab halok bo‘lgan insonga ham janoza o‘qiladi», — dedi u.

Avvalroq, yo‘llardagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi tuzilganligi haqida ma’lum qilingan edi.