Jamiyat

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini ishlab chiqarish qachondan boshlanadi?
29 iyul 2021, 15:30

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini ishlab chiqarish qachondan boshlanadi?

Jurabek Laboratories tomonidan «Sputnik V» vaksinasining birinchi namunasi ishlab chiqilib, Gamaleya institutiga tekshirish uchun yuborilgan. Ijobiy javob olingach va Rossiyadan xom-ashyo keltirilgach, O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini quyish avgust o‘rtalarida boshlanishi mumkin. Jurabek Laboratories ishlab chiqarish direktorining ma’lum qilishicha, kompaniya birinchi bosqichda 2 mln doza «Sputnik V» va 10 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinalarini ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

Vaksina dozalari orasida 3 oydan ko‘p vaqt o‘tsa, qayta emlanish kerakligi aytildi
29 iyul 2021, 14:09

Vaksina dozalari orasida 3 oydan ko‘p vaqt o‘tsa, qayta emlanish kerakligi aytildi

Koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi olingandan so‘ng, ikkinchisini olgunga qadar 12 hafta (3 oy)dan ortiq vaqt o‘tsa, fuqaro revaksinatsiya qilinadi, deya ma’lum qildi SES boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov.

Toshkent mahallalarida istirohat yo‘laklari tashkil etiladi
29 iyul 2021, 13:47

Toshkent mahallalarida istirohat yo‘laklari tashkil etiladi

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylar va aholi zich joylashgan mahallalar, ichki yo‘l yoqalari va boshqa bo‘sh maydonlarda istirohat yo‘laklari tashkil etiladi.

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar ishtirokidagi YTHda 1 kishi halok bo‘ldi va 5 kishi jarohatlandi
29 iyul 2021, 13:21

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar ishtirokidagi YTHda 1 kishi halok bo‘ldi va 5 kishi jarohatlandi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ichida sakkiz nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan Toyota YTHga uchradi. Oqibatda bir kishi vafot etdi, 5 nafar yo‘lovchi davolanmoqda. Yana ikki nafar yo‘lovchiga esa shifoxonadan javob berilgan.

Ombdusman majburiy emlash ortidan inson huquqlariga putur yetish yoki yetmasligiga oid savollarga javob berdi
29 iyul 2021, 11:28

Ombdusman majburiy emlash ortidan inson huquqlariga putur yetish yoki yetmasligiga oid savollarga javob berdi

17 iyulda O‘zbekiston Bosh davlat sanitariya vrachi qarori bilan 14 toifadagi fuqarolar koronavirusga qarshi majburiy emlanishi shart etib belgilandi. Oradan 11 kun o‘tib, quyi palata deputatlari majburiy emlashni qonuniylashtirishga oid qonun loyihasini ma’qullab, Senatga yubordi. «Gazeta.uz» so‘roviga binoan ombudsman Feruza Eshmatova majburiy emlash va uni qonuniylashtirish jarayoni, bu borada xalqaro norma va tajriba, faqat bir vaksina mavjudligi tufayli aholining tanlov huquqi buzilishi kabi savollarga javob berdi.

Arxitektor Sergo Sutyagin vafot etdi
29 iyul 2021, 11:25

Arxitektor Sergo Sutyagin vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan me’mor, Toshkentdagi “Panorama” kinosaroyi va “Kosmonavtlar” metro bekati loyihalari muallifi Sergo Sutyagin vafot etdi.

28 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
28 iyul 2021, 21:00

28 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda pandemiya boshlangandan beri koronavirusdan kunlik kasallanish bo‘yicha eng yuqori antirekord qayd etilishi, Tokio olimpiadasida O‘zbekiston delegatsiyasi qo‘lga kiritgan bronza medal, prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi — “Gazeta.uz"ning 28 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Toshkentda piyoda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
28 iyul 2021, 20:04

Toshkentda piyoda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 61 yoshli piyodani yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida voqea joyida vafot etdi.

«Vaksina olganlar shifoxonadan 4 kunda chiqyapti, emlanmaganlarga juda og‘ir bo‘lyapti» — Shavkat Mirziyoyev
28 iyul 2021, 19:16

«Vaksina olganlar shifoxonadan 4 kunda chiqyapti, emlanmaganlarga juda og‘ir bo‘lyapti» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev olimlarning tadqiqotiga asoslanib koronavirus bilan kurash hali yana kamida 10 yil davom etishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu sababdan «Sputnik V» va xitoy-o‘zbek vaksinalarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha muhokamalar bormoqda. Prezident fuqarolarni koronavirusga qarshi emlanishga chaqirdi. «Vaksina olganlarga shifoxonadan 4 kunda chiqyapti, emlanmaganlarga esa juda og‘ir bo‘lyapti», — dedi u.

Toshkentning Mirobod tumanida 500 dan ziyod peshlavhalar «to‘g‘rilandi»
28 iyul 2021, 18:50

Toshkentning Mirobod tumanida 500 dan ziyod peshlavhalar «to‘g‘rilandi»

Toshkentning Mirobod tumanida bir qator ko‘chalardagi 500 dan ziyod tashqi yozuvlar va axborot matnlari «Davlat tili to‘g‘risida"gi qonunga moslashtirildi. Jumladan, «Beauty salon», «Sloyonnaya samsa», «Apteka» kabi yozuvlar o‘zbekchalashtirildi.

Farg‘ona vodiysida 29−31 iyul kunlari sel kelishi xavfi bor
28 iyul 2021, 16:51

Farg‘ona vodiysida 29−31 iyul kunlari sel kelishi xavfi bor

29−31 iyul kunlari Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga sel kelishi xavfi bor.

Prezident mehribonlik uylarini Milliy gvardiya mas’ulligiga o‘tkazishni taklif qildi
28 iyul 2021, 16:23

Prezident mehribonlik uylarini Milliy gvardiya mas’ulligiga o‘tkazishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi 21-mehribonlik uyiga tashrif buyurdi. Prezident ta’kidlashicha, «mehribonlik uyida sharoitlar yaxshi, lekin tarbiyalanuvchilarning 18 yoshdan keyingi mustaqil hayotiga ko‘maklashuvchi mas’ul idora yo‘q». Shu sababli, davlat rahbari barcha mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlarni Milliy gvardiya mas’ulligiga o‘tkazish taklifini bildirdi.

Endi «tonirovka» ruxsatnomasi faqat yagona portal orqali beriladi
28 iyul 2021, 15:18

Endi «tonirovka» ruxsatnomasi faqat yagona portal orqali beriladi

1 oktyabrdan «tonirovka» ga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati faqat my.gov.uz orqali ko‘rsatiladi. Ruxsatnoma 1 yil muddatga beriladi va oynalar haydovchi tomonidan mustaqil ravishda qoraytiriladi.

«Murojaatlarning 30 foizi ijobiy hal bo‘lgan». Ombudsmanning 6 oylik faoliyati sarhisob qilindi
28 iyul 2021, 14:45

«Murojaatlarning 30 foizi ijobiy hal bo‘lgan». Ombudsmanning 6 oylik faoliyati sarhisob qilindi

Joriy yilning birinchi yarmida Ombudsmanga 9 632 ta murojaat kelib tushgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 32 foizga ko‘p. Hozirga qadar ularning 30 foizi ijobiy hal qilingan. Natijada 13 ta jinoiy, 4 ta ma’muriy va 8 ta intizomiy ish qo‘zg‘atilgan. 16 nafar mansabdor javobgarlikka tortilgan, qolaversa, 10 dan ortiq fuqaro ishga tiklangan.

AQSh O‘zbekiston bolalar bog‘chalari uchun $21 mln ajratadi
28 iyul 2021, 14:12

AQSh O‘zbekiston bolalar bog‘chalari uchun $21 mln ajratadi

AQSh “O‘zbekistonda ta’lim va bolalar uchun oziq-ovqat” dasturi doirasida maktabgacha ta’lim muassasalari uchun 21 mln dollar ajratadi. Mazkur mablag‘ 400 dan ortiq maktabgacha ta’lim muassasasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi 245 ta qishloq va kam ta’minlangan MTTlariga yo‘naltiriladi.

Toshkentda YTH oqibatida 17 yoshli yigit vafot etdi
28 iyul 2021, 13:59

Toshkentda YTH oqibatida 17 yoshli yigit vafot etdi

Toshkentning Yunusobod tumanida Nexia-2 avtomashinasi piyodani urib yubordi. Yigit olgan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi.

Migratsiya va odam savdosi bo‘yicha Telegram-bot ishga tushirildi
28 iyul 2021, 13:39

Migratsiya va odam savdosi bo‘yicha Telegram-bot ishga tushirildi

O‘zbekistonlik mehnat migrantlariga yordam berishga mo‘ljallangan Telegram-bot ishga tushirildi. Unda chet elda ishlash va yashash qoidalari, ularning huquq va majburiyatlari, shuningdek, chet elda ishlayotganlarni qo‘llab-quvvatlash turlari to‘g‘risida bilib olish mumkin. Bundan tashqari, botga odam savdosi to‘g‘risida ma’lumot yuborilishi mumkin.

Yarim kunga suv ta’minotidan uzilgan aholiga maxsus mashinalarda ichimlik suvi yetkazish taklif etildi
28 iyul 2021, 12:51

Yarim kunga suv ta’minotidan uzilgan aholiga maxsus mashinalarda ichimlik suvi yetkazish taklif etildi

Qonunchilik palatasi tomonidan ichimlik suvi ta’minotiga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, har oyda kamida bir marta hisoblagichlar holatini o‘rganish, ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar davomiyligi 12 soatdan oshsa aholini maxsus mashinalarda ichimlik suvi bilan ta’minlash va tariflar narxi o‘zgarishi haqida 15 kun oldin xabardor qilish taklif etilmoqda.

Notariuslar faoliyati «Sirli mijoz» orqali tekshiriladi
28 iyul 2021, 11:53

Notariuslar faoliyati «Sirli mijoz» orqali tekshiriladi

Hukumat qarori bilan notariuslarning qonun hujjatlariga rioya etishi ustidan nazorat qilish, jumladan, rejali, qisqa muddatli, kameral tekshiruvlar o‘tkazish tartibi belgilandi. Shu bilan birga, notariuslar adliya organi rahbarining buyrug‘i asosida «Sirli mijoz» tadbiri yordamida tekshiriladi.

Samarqandda 5 ta uy yonib ketdi
28 iyul 2021, 11:35

Samarqandda 5 ta uy yonib ketdi

Samarqand viloyatida 5 ta uy yonib ketdi. Yong‘in kuchli shamol oqibatida katta maydonga tarqalgan. Uni o‘chirishga 1 soatdan oshiq vaqt ketdi. Yong‘in natijasida jarohat olganlar yo‘q.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting