26 iyul kuni taxminan soat 18:30 da Yunusobod tumani Yangi Yunusobod ko‘chasida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.

Haydovchi S.X. (1993 y.t.) Nexia-2 avtomashinasini boshqarish davomida yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda — 2004 yilda tug‘ilgan A.T. badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildi va o‘sha yerda vafot etdi.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.