27 iyul kuni taxminan soat 13:00 da Yakkasaroy tumanidagi Bobur va Boxodir ko‘chalari kesishmasida Shacman rusumli yuk avtomobili haydovisi B.K. (1979 y.t.) belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

YTH oqibatida piyoda — 1960 yilda tug‘ilgan X.T. olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, bir kun avval poytaxtning Yunusobod tumanida Nexia-2 avtomashinasi piyodani urib yubordi. Yigit olgan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi.