Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 29−31 iyul kunlari sel kelishi xavfi bor. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida va vodiyning Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga yuz berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, haftaning oxiriga kelib havo harorati +33 daraja atrofida bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.