O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan me’mor Sergo Sutyagin 28 iyul kuni 84 yoshida koronavirus oqibatida vafot etdi. Bu haqda Facebook`dagi Shaharsozlik To‘lqini jamoat sahifasida ma’lum qilindi.

Sergo Sutyagin loyihalari asosida Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy (“Panorama”), “Kosmonavtlar” metro bekati, “Arkada” savdo markazi, Chirchiq shahri kirish qismidagi Kranlar yodgorligi, Termiz, Urganch, Qarshi va Buxorodagi aeroportlar, Nukusdagi Igor Savitskiy muzeyi qurilgan.

Moskvada uning loyihasiga binoan Sheremetevo bog‘idagi fashizmga qarshi urush paytida halok bo‘lganlar xotirasiga obelisk — “Xotira darvozasi” qurilgan.