Jamiyat

Toshkent viloyatida 10 ga yaqin mashina shinalarini yechib ketganlar ushlandi
11 fevral 2024, 11:11

Toshkent viloyatida 10 ga yaqin mashina shinalarini yechib ketganlar ushlandi

Yangiyo‘l shahri, Yangiyo‘l va Quyi Chirchiq tumanlarida 10 ga yaqin Cobalt`ning shinalarini yechib ketib, ularni sotgan 3 yigit qo‘lga olindi.

Farg‘onada davlatga 7 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan mayning fermalar aniqlandi
11 fevral 2024, 11:08

Farg‘onada davlatga 7 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan mayning fermalar aniqlandi

Farg‘ona viloyatining ikki hududida 5 nafar fuqaro xonadonlarida kriptoaktiv va mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab olgani aniqlandi. Ular davlatga jami 7 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan.

Maktab va bog‘chalarni qurish hamda ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi kompaniya tashkil etildi
10 fevral 2024, 14:41

Maktab va bog‘chalarni qurish hamda ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi kompaniya tashkil etildi

O‘zbekistonda Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi tashkil etildi. U maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajaradi.

Qashqadaryoda 606 nafar fuqaroni jami 6,5 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan shaxslar qidirilmoqda
10 fevral 2024, 12:59

Qashqadaryoda 606 nafar fuqaroni jami 6,5 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan shaxslar qidirilmoqda

IIV Qashqadaryoda aldov yo‘li bilan yuzlab fuqarolarning salkam 6,5 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan shaxslar qidirilayotganini ma’lum qildi. Ularga nisbatan sirtdan qamoq ehtiyot chorasi tayinlangan.

“Alisher Navoiy” metro bekati qanday bunyod etilgan?
10 fevral 2024, 12:46

“Alisher Navoiy” metro bekati qanday bunyod etilgan?

Har yili 9-fevralda davlat arbobi, shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning tavallud kuni nishonlanadi. O‘zbekistonda uning sharafiga haykallar o‘rnatilgan, nomi ko‘chalarga va Toshkent metrosidagi bekatlardan biriga qo‘yilgan. “Gazeta.uz” ushbu bekat qurilishi tarixini uning me’mori tilidan hikoya qiladi.

Professional va havaskor fotograflar ko‘rgazmasidan reportaj
10 fevral 2024, 11:14

Professional va havaskor fotograflar ko‘rgazmasidan reportaj

Toshkent fotosuratlar uyida Fotorassomlar shu’basi a’zolarining hisobot va havaskor fotograflarning qo‘shma ko‘rgazmasi ochildi. 4 xonadan iborat ekspozitsiya zalida 100 dan ortiq ijodkorlarning 800 ga yaqin ishlari qo‘yilgan. Ko‘rgazma 13-fevralgacha davom etadi.

Litsenziyasi bekor qilingan xususiy OTMlarning biron-bir talabasi ko‘chada qolmaydi — vazirlik
10 fevral 2024, 10:26

Litsenziyasi bekor qilingan xususiy OTMlarning biron-bir talabasi ko‘chada qolmaydi — vazirlik

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi litsenziyasi bekor qilingan xususiy OTMlarning talabalari o‘qishni boshqa universitetga ko‘chirishi mumkinligini ma’lum qildi. Hozirgacha 5 ta xususiy universitetning litsenziyasi bekor qilingan, 1 tasining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

9-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
9 fevral 2024, 23:30

9-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

100 mln so‘mga oshirilgan mikroqarz chegarasi, Amirsoyda chang‘i uchgan prezidentlar, tadbirkorlar uchun yana bir soliq imtiyozi, 17 foizga oshgan o‘rtacha ish haqi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Yong‘in nazorati organlariga tadbirkorlarga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda
9 fevral 2024, 17:07

Yong‘in nazorati organlariga tadbirkorlarga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda

Davlat yong‘in nazorati organlariga tadbirkorlarga tegishli obyektlarda o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan ma’muriy jazolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash vakolati berilmoqda. Senat qonunni maqulladi.

USAID IT sohasidagi o‘zbekistonlik ayollarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi
9 fevral 2024, 16:27

USAID IT sohasidagi o‘zbekistonlik ayollarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

USAID`ning gender tenglik va xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha bosh muvofiqlashtiruvchisi Jamila Bijio IT sohasida ishlayotgan o‘zbekistonlik ayollar bilan uchrashdi. Unda USAID tomonidan moliyalashtirilgan Tumaris.Tech va FoundHer loyihalari natijalari muhokama qilindi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (10−11-fevral)
9 fevral 2024, 15:40

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (10−11-fevral)

Sakkizta film premyerasi, ko’rgazmalar, spektakllar, konsertlar, ijodiy mahorat darslari, bolalar uchun shou-dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Akmal Rasulov Toshkent shahri Ekologiya boshqarmasiga rahbar bo‘ldi
9 fevral 2024, 15:31

Akmal Rasulov Toshkent shahri Ekologiya boshqarmasiga rahbar bo‘ldi

Akmal Rasulov Toshkent shahri Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Shu paytga qadar u boshqarma raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Senat yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish bilan bog‘liq jazo choralarini kuchaytirish bo‘yicha qonunni ma’qulladi
9 fevral 2024, 15:11

Senat yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish bilan bog‘liq jazo choralarini kuchaytirish bo‘yicha qonunni ma’qulladi

Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonunni ko‘rib chiqib, ma’qulladi. 2023-yilda mamlakatda 10 ming 204 ta yong‘in yuz berib, unda 251 fuqaro jabrlangan, shundan 79 nafari vafot etgan.

Senat Bolalar ombudsmaniga qo‘shimcha majburiyat va vakolatlar berish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi
9 fevral 2024, 14:53

Senat Bolalar ombudsmaniga qo‘shimcha majburiyat va vakolatlar berish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi

Senat ma’qullagan qonunga ko‘ra, Bolalar ombudsmaniga rahbarlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan darhol qabul qilinish huquqi berilmoqda. Shuningdek, bolalarga taalluqli masalalarga doir qonunchilik hujjatlari loyihalari Bola huquqlari bo‘yicha vakil bilan kelishilishi majburiy bo‘ladi.

Alerte Héritage Buxorodagi turistik markaz loyihasi bo‘yicha navbatdagi bayonot bilan chiqdi
9 fevral 2024, 14:45

Alerte Héritage Buxorodagi turistik markaz loyihasi bo‘yicha navbatdagi bayonot bilan chiqdi

Sayyohlik markazi qurish uchun buzilishi kutilayotgan Buxoro viloyati hokimligi binosi — me’mor Richard Blez loyihasi bo‘yicha qurilgan so‘nggi yirik inshoot. Alerte Héritage`ga ko‘ra, hududdagi har qaysi rekonstruksiya binoni saqlab qolish va “atrofdagi inshootlarga hurmat bilan yondashuv”ni o‘z ichiga olishi kerak.

Toshkentdagi sobiq “Poytaxt” biznes markazida yong‘in bo‘ldi (video)
9 fevral 2024, 12:43

Toshkentdagi sobiq “Poytaxt” biznes markazida yong‘in bo‘ldi (video)

Yunusobod tumanidagi sobiq “Poytaxt” biznes markazining rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji bartaraf etdi. FVV hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligini bildirdi.

Toshkentda yana ikki avtobus to‘qnashdi
9 fevral 2024, 11:43

Toshkentda yana ikki avtobus to‘qnashdi

Chilonzor tumanidagi bekatlarning birida 131-sonli King Long avtobusi va 99-sonli Yutong avtobusi to‘qnashdi. YTHga haydovchilardan birining yonlama oraliq masofani saqlamagani sabab bo‘lgan. Yo‘lovchilar orasida jarohat olganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.

Dam olish kunlari havo quruq va juda iliq bo‘ladi
9 fevral 2024, 11:06

Dam olish kunlari havo quruq va juda iliq bo‘ladi

O‘zbekistonda 10−11-fevral kunlari quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechasi +3…+8, kunduzi +15…+20 daraja iliq bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.

Hududlarda fuqarolarni AQShga jo‘natish bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi
9 fevral 2024, 10:47

Hududlarda fuqarolarni AQShga jo‘natish bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent, Samarqand va Buxoroda fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQShga jo‘natish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi.

1-sinf o‘quvchilari fevralda qo‘shimcha bir hafta ta’til oladi
9 fevral 2024, 10:12

1-sinf o‘quvchilari fevralda qo‘shimcha bir hafta ta’til oladi

O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilariga fevral oyida qo‘shimcha bir hafta ta’til beriladi. Uning sanasini har bir maktabning o‘z pedagogik kengashi belgilaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting