O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida qo‘shimcha bir haftalik ta’til beriladi. Bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova eslatma e’lon qildi.

Bunday ta’til berilishi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi qarori bilan tacdiqlangan nizomda nazarda tutilgan.

Ta’til muddati har bir maktabning o‘z pedagogik kengashi qarori asosida belgilanadi.