AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning gender tenglik hamda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha bosh muvofiqlashtiruvchisi Jamila Bijio 5-fevral kuni IT sohasida faoliyat olib boruvchi o‘zbekistonlik ayollar bilan uchrashdi. Bu haqda “Gazeta.uz” muxbiri xabar bermoqda.

usaid, startaplar, it, axborot texnologiyalari, ayollar

Toshkentdagi IT Parkda o‘tkazilgan davra suhbatida, shuningdek, USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori Devid Xofman hamda o‘zining turli loyihalari va startaplari bilan muvaffaqiyatga erishayotgan xotin-qizlar ham ishtirok etdi. Ular USAID tomonidan moliyalashtirilgan Tumaris.Tech va FoundHer loyihalari natijalari hamda xotin-qizlarning IT sohasidagi yutuqlari to‘g‘risida suhbatlashdi.

Ma’lum qilinishicha, Tumaris.Tech va FoundHer loyihalariga USAID tomonidan jami 174 ming 129 dollar mablag‘ ajratilgan.

2020-yilda USAIDning tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish bo‘yicha loyihasi ko‘magida ishga tushirilgan Tumaris.Tech axborot texnologiyalari sektorida tadbirkor xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha innovatsion dastur hisoblanadi. O‘tgan ikki yil davomida loyiha nafaqat O‘zbekistondan, balki Markaziy Osiyo davlatlaridan ham ishtirokchilarni jalb etib, 200 dan ortiq ayollarni o‘qitish, 46 ta startap loyihani qo‘llab-quvvatlash va 50 ta texnologik mahsulotni ishga tushirish orqali o‘z faoliyati geografiyasini kengaytirishga erishdi.

usaid, startaplar, it, axborot texnologiyalari, ayollar

Uchrashuvda xotin-qizlarning tadbirkorligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan FoundHer loyihasining muvaffaqiyati ham ta’kidlandi. Qayd etilishicha, ushbu loyiha O‘zbekistonda istiqbolli biznes g‘oyalarni izlash bilan shug‘ullanib, olti oy davomida biznesni rivojlantirishga hissa qo‘shgan. FoundHer`ning Markaziy Osiyoda axborot texnologiyalari sohasida xotin-qizlar uchun teng shart-sharoitlarni yaratishga sodiqligi natijasida loyiha ishtirokchilari Kremniy vodiysiga safar qilib, AQShda o‘tkazilgan 2023-yilgi qishki sammitda qatnashdi.

usaid, startaplar, it, axborot texnologiyalari, ayollar

USAID rasmiysi Jamila Bijio AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekistonda IT sohasida xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini ilgari surishga sodiqligini qayd etdi.

“Bugun biz xotin-qizlar boshchiligida amalga oshirilayotgan loyihalarning ulkan yutuqlarini nishonlayotgan bir paytda sizning oldingizda turish men uchun katta sharaf. Mazkur uchrashuv tadbirkorlik sohasidagi innovatsion yutuqlarning namoyishigina emas, balki ayollar startapi ekotizimlarini rivojlanishtirishda ularning asosiy nuqtasi, deb hisoblaydigan qat’iyati, noodatiy fikrlashi va irodasi natijasi hamdir”, — dedi u.

usaid, startaplar, it, axborot texnologiyalari, ayollar

Jamila Bijio innovatsiyalar va barqaror rivojlanishni rag‘batlantirishda gender xilma-xillikning ta’sirini hamda startaplar sohasida iqtidorli va yetakchilikka intiluvchi xotin-qizlar soni tobora o‘sib borayotganini qayd etdi. “Biz bu yerga qiyinchiliklarni yengib o‘tgan va o‘z iqtidorini namoyish qilish, maqsadiga erishish yo‘lidan borayotgan ushbu ilhomlantiruvchi startapchi ayollarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun yig‘ildik”, — dedi USAID rasmiysi.