dayjest

Afg‘oniston O‘zbekiston oldidagi elektr energiyasi bo‘yicha qarzini deyarli to‘liq qopladi

Afg‘oniston energetika kompaniyasi O‘zbekiston oldidagi elektr energiyasi bo‘yicha ikki yillik qarzini to‘liq qaytardi, dedi tashkilot vakili. O‘zbekiston tomoni qarzning katta qismi to‘langanini, yana qariyb 1,2 million dollar to‘lanishi kerakligini tasdiqladi.


dayjest

Dam olish kunlari havo quruq va juda iliq bo‘ladi

O‘zbekistonda 10−11-fevral kunlari quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechasi +3…+8, kunduzi +15…+20 daraja iliq bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.


dayjest

1-sinf o‘quvchilari fevralda qo‘shimcha bir hafta ta’til oladi

O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilariga fevral oyida qo‘shimcha bir hafta ta’til beriladi. Uning sanasini har bir maktabning o‘z pedagogik kengashi belgilaydi.


dayjest

“Qo‘lingizdan ko‘p narsa keladi, sizdan o‘rganishimiz kerak”. Aleksandr Lukashenko — Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda

Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston “ajoyib sur’atlarda” rivojlanayotganini aytdi. U tovar ayirboshlash hajmi yetarli emasligini bildirib, davlat rahbarlari o‘rtasida kelishuv mavjud ekan, aloqalarni rivojlantirishga chaqirdi. “Hokimiyatga yoshlar keladi — ular boshqacha”.


dayjest

Toshkentdagi sobiq “Poytaxt” biznes markazida yong‘in bo‘ldi (video)

Yunusobod tumanidagi sobiq “Poytaxt” biznes markazining rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji bartaraf etdi. FVV hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligini bildirdi.


dayjest

2023-yilda o‘rtacha ish haqi 17,2 foizga oshdi, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida o‘sish sekin kechmoqda

O‘zbekistonda 2023-yilda o‘rtacha nominal ish haqi 17,2 foizga oshdi — 4,55 mln so‘m. O‘sish sur’ati 2021−2022-yillarga nisbatan pastroq bo‘ldi. Poytaxt va viloyatlar o‘rtasidagi ish haqi farqi o‘sishda davom etmoqda. Eng past ish haqi hamon sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida saqlanib qolmoqda.


dayjest

Alerte Héritage Buxorodagi turistik markaz loyihasi bo‘yicha navbatdagi bayonot bilan chiqdi

Sayyohlik markazi qurish uchun buzilishi kutilayotgan Buxoro viloyati hokimligi binosi — me’mor Richard Blez loyihasi bo‘yicha qurilgan so‘nggi yirik inshoot. Alerte Héritage`ga ko‘ra, hududdagi har qaysi rekonstruksiya binoni saqlab qolish va “atrofdagi inshootlarga hurmat bilan yondashuv"ni o‘z ichiga olishi kerak.


dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (10−11-fevral)

Sakkizta film premyerasi, ko’rgazmalar, spektakllar, konsertlar, ijodiy mahorat darslari, bolalar uchun shou-dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


dayjest

Valeriy Zalujniy Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni lavozimini tark etdi

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga quruqlikdagi qo‘shinlar boshlig‘i Aleksandr Sirskiy tayinlandi. Prezident Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari rahbariyati to‘liq yangilanishini ma’lum qildi.


dayjest

AQSh havo sifati standartlarini kuchaytirdi

AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi mamlakatdagi havo sifati standartlarini kuchaytirdi. PM2,5 ning ruxsat etilgan o‘rtacha yillik konsentratsiyasi 12 mkg/m3 dan 9 mkg/m3 gacha kamaytirildi. Yangilangan standart minglab bevaqt o‘lim va yo‘qotilgan ish kunlarining oldini olishga yordam berishi kutilmoqda.


dayjest

Senat mikroqarzlarning maksimal miqdorini 100 mln so‘mgacha oshirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi

Senat mikroqarzning maksimal miqdorini 50 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha oshirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Shuningdek, hujjat bilan qarzdorda majburiyatlarini to‘lash uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda asosiy qarzni to‘lashga ustuvorlik berilishi nazarda tutilmoqda.


dayjest

Yo‘llarda bolalar xavfsizligini ta’minlashga behuda urinishlar davom etmoqda (foto)

O‘zbekiston hududlarida yo‘llarga bolalarning maketlarini o‘rnatish xavfsizlikni ta’minlashning yechimi sifatida ko‘rilishda davom etmoqda. Bu galgi holat Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida sodir bo‘ldi. Mutaxassislar buni nafaqat foydasiz, balki zararli deb atamoqda. Foto.


dayjest

Qatar Airways 2-iyundan O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Qatar Airways 2-iyundan Doha — Toshkent — Doha yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Reyslari haftasiga 4 marta — dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. “Biz uchun bu darajadagi yirik aviakompaniyaning Toshkent aeroportiga parvoz qilishi juda muhim” deya ta’kidladi Uzbekistan Airports.


dayjest

Tadbirkorlarga tashkil etgan ish o‘rinlariga qarab soliqlardan imtiyozlar berilishi rejalashtirilmoqda

Senat tadbirkorlarga tashkil etgan yangi ish o‘rinlariga qarab ayrim soliq imtiyozlari berilishini ko‘zda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Bunda “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin.


dayjest

Senat Bolalar ombudsmaniga qo‘shimcha majburiyat va vakolatlar berish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi

Senat ma’qullagan qonunga ko‘ra, Bolalar ombudsmaniga rahbarlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan darhol qabul qilinish huquqi berilmoqda. Shuningdek, bolalarga taalluqli masalalarga doir qonunchilik hujjatlari loyihalari Bola huquqlari bo‘yicha vakil bilan kelishilishi majburiy bo‘ladi.


dayjest

Markaziy saylov komissiyasi tarkibi o‘zgartirilmoqda

Qonunchilik palatasi deputatlari Markaziy saylov komissiyasining 14 nafar a’zosi vakolatlarini tugatish va 2 nafar yangi a’zoni saylash bo‘yicha qarorlar qabul qilib, Senatga yubordi. Amaldagi qonunchilikda MSK parlament palatalari tomonidan 9 nafar a’zodan iborat tarkibda tuzilishi belgilangan.


dayjest

Akmal Rasulov Toshkent shahri Ekologiya boshqarmasiga rahbar bo‘ldi

Akmal Rasulov Toshkent shahri Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Shu paytga qadar u boshqarma raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.


dayjest

Senat yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish bilan bog‘liq jazo choralarini kuchaytirish bo‘yicha qonunni ma’qulladi

Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonunni ko‘rib chiqib, ma’qulladi. 2023-yilda mamlakatda 10 ming 204 ta yong‘in yuz berib, unda 251 fuqaro jabrlangan, shundan 79 nafari vafot etgan.


dayjest

USAID IT sohasidagi o‘zbekistonlik ayollarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

USAID`ning gender tenglik va xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha bosh muvofiqlashtiruvchisi Jamila Bijio IT sohasida ishlayotgan o‘zbekistonlik ayollar bilan uchrashdi. Unda USAID tomonidan moliyalashtirilgan Tumaris.Tech va FoundHer loyihalari natijalari muhokama qilindi.


dayjest

Yong‘in nazorati organlariga tadbirkorlarga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda

Davlat yong‘in nazorati organlariga tadbirkorlarga tegishli obyektlarda o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan ma’muriy jazolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash vakolati berilmoqda. Senat qonunni maqulladi.


dayjest

O‘tgan oy dunyo bo‘ylab eng issiq yanvar bo‘ldi

2024-yilning yanvari dunyo bo‘ylab mazkur oy uchun rekord darajada issiq kechdi. Olimlar, shuningdek, bu yanvar ketma-ket sakkizinchi eng issiq oy bo‘lganini ta’kidlamoqda — rekord darajalar 2023-yil iyunidan beri qayd etilyapti.


dayjest

Qozog‘istonda niqob rejimi tiklandi

Qozog‘iston hukumati tibbiyot muassasalarida niqob rejimini joriy qildi, shuningdek, undan odamlar gavjum joylarda ham foydalanishni tavsiya qildi. Ushbu chora mamlakatda COVID-19, qizamiq va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiyalar tarqalishini to‘xtatish maqsadida ko‘rildi.


dayjest

Foto: O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Amirsoyda chang‘i uchdi

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Amirsoy” tog‘ dam olish maskanida bo‘ldi. Ular birgalikda chang‘i uchdi. Foto.