Jamiyat

Qamoqdan chiqqan fuqarolarga 9,2 mln so‘m yordam puli beriladi
30 iyun 2022, 11:21

Qamoqdan chiqqan fuqarolarga 9,2 mln so‘m yordam puli beriladi

O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga «dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi» doirasida 9,2 mln so‘m pul beriladi. Uni olish uchun esa fuqaro tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik yo‘nalishlaridagi o‘z loyihasini maxsus komissiyaga taqdim etishi kerak.

Ikki hududda chet el valyutasini noqonuniy tarzda sotishga uringan shaxslar ushlandi
30 iyun 2022, 10:40

Ikki hududda chet el valyutasini noqonuniy tarzda sotishga uringan shaxslar ushlandi

Toshkent va Jizzax viloyatlarida chet el valyutasini noqonuniy tarzda muomalaga kiritganlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Ikki holatda jami 8700 dollarni 95 mln so‘mga ayirboshlashga chek qo‘yildi. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston bo‘ylab avtosayohat: qayerga borish, nimada yurish va nimalarga tayyorgarlik ko‘rish kerak?
30 iyun 2022, 09:00

O‘zbekiston bo‘ylab avtosayohat: qayerga borish, nimada yurish va nimalarga tayyorgarlik ko‘rish kerak?

Sayohatchi Timur No‘monov «Gazeta.uz»ga O‘zbekiston bo‘ylab avtosayohatga qanday to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rish kerakligini aytib berdi. Uning maslahatlari avtomobilda sayohat qilishda qulaylik va xavfsizlikka ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan asosiy xatolardan qochishga yordam beradi.

Amazon kompaniyasi xodimasi Shahlo Xodjayeva «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandi
30 iyun 2022, 08:53

Amazon kompaniyasi xodimasi Shahlo Xodjayeva «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandi

Prezident «Gazeta.uz» ning «Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasi qahramoni Shahlo Xodjayevani «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotladi. U AQShning Amazon kompaniyasida biznes-tahlil bo‘yicha muhandis sifatida faoliyat yuritadi.

SES: Niqob rejimi hozircha joriy etilgani yo‘q, ammo niqob taqish tavsiya etiladi
29 iyun 2022, 22:46

SES: Niqob rejimi hozircha joriy etilgani yo‘q, ammo niqob taqish tavsiya etiladi

Oxirgi vaqtlar koronavirusga chalinayotganlarning 90 foizi — emlanmagan kishilar. SES hozircha niqob rejimi joriy etilmagani, biroq «salomatlik va xavfsizlik uchun» niqob taqish tavsiya etilishini ma’lum qildi. Prezident ishtirokidagi yig‘ilishlarda rasmiylar niqob ko‘rinish bermoqda.

29 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim habarlar dayjesti
29 iyun 2022, 22:10

29 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim habarlar dayjesti

O‘zbekiston kompaniyasining AQSh sanksiyalariga tushishi, elektr ta’minotidagi uzilishlar, xalqning o‘zi ham muxolifat bo‘lishi mumkinligini aytgan Tanzila Narbayeva, qayta tiklangan kovid-poliklinikalar, o‘zini osib qo‘ygan erkak va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 29 iyundagi xabarlari dayjestida.

Toshkentda elektr ta’minotidagi uzilishlarga izoh berildi
29 iyun 2022, 19:35

Toshkentda elektr ta’minotidagi uzilishlarga izoh berildi

Toshkentda bir necha kundan beri elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Ayrim hududlarda soatlab tok bo‘lmayapti, svetoforlar ishlamay qolmoqda, suv bosimi pasaygan. Toshkent ETK buni anomal issiqlik va qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun tarmoqlar modernizatsiya qilinayotgani bilan izohladi.

Barcha fuqarolarga teng muomala qilishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi
29 iyun 2022, 18:41

Barcha fuqarolarga teng muomala qilishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi

O‘zbekistonda barcha fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengligini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Namanganlik erkak onlayn qimorda yutqazgani uchun o‘zini osib qo‘ygani aytilmoqda
29 iyun 2022, 17:55

Namanganlik erkak onlayn qimorda yutqazgani uchun o‘zini osib qo‘ygani aytilmoqda

Norin tumanida yashovchi 33 yoshli fuqaro o‘z uyida osilgan holda topildi. Uning onlayn qimor o‘yinlaridagi yutqazaverishi oilasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqargani va shu sababli o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Surxondaryodagi Xatak g‘orida neandertal odam yashagan makon topildi
29 iyun 2022, 17:40

Surxondaryodagi Xatak g‘orida neandertal odam yashagan makon topildi

Arxeologlar Surxondaryoning Xatak g‘orida neandertal odamga tegishli makon borligini aniqlashdi, u taxminan miloddan avvalgi 100−40 ming yillikka oid. G‘ordan Teshik-Toshdagi kabi qurollar ham topildi. Iyundan beri mahalliy va Avstraliyaning Griffet universiteti arxeologlari qazishma ishlarini olib bormoqda.

Toshkentda kovid poliklinikalar faoliyati qayta tiklandi
29 iyun 2022, 16:52

Toshkentda kovid poliklinikalar faoliyati qayta tiklandi

Toshkentda kovidga chalinishning kunlik holati ko‘payishi ortidan 12 ta tumanda kovid-poliklinikalar faoliyati qayta tiklanmoqda. SSV bepul PZR-test tahlili topshirish mumkin bo‘lgan laboratoriyalar manzillari ro‘yxatini ham e’lon qildi.

Sergelidagi bir qator mahallalarda sovuq suv vaqtincha o‘chiriladi
29 iyun 2022, 16:37

Sergelidagi bir qator mahallalarda sovuq suv vaqtincha o‘chiriladi

Toshkent shahar Sergeli tumanining ayrim hududlarida 29 iyun soat 22:00 dan 30 iyun kuni tushlik vaqtigacha yerusti metrosi qurilishi munosabati bilan quvurlarning ko‘chirilishi sababli sovuq suv ta’minoti to‘xtatiladi. Yangihayot tumanida suv bosimi pasayadi. Mahallalar ro‘yxati.

SES boshlig‘i o‘rinbosari karantin choralari qayta tiklanishiga oid xabarlarga munosabat bildirdi
29 iyun 2022, 16:13

SES boshlig‘i o‘rinbosari karantin choralari qayta tiklanishiga oid xabarlarga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda qat’iy karantin qayta tiklanishiga oid audiolar tarqalmoqda. SES boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov bu xabar eskiligi va karantin uchun kunlik kasallanishlar soni juda kamligini aytdi. 27 iyundan esa prezident ishtirokidagi tadbirlarda amaldorlar yana niqob taqa boshladi.

Podshoxlar ovlaydigan noyob qushning 400 dan ortig‘i Ustyurt tekisligiga qo‘yib yuborildi
29 iyun 2022, 12:13

Podshoxlar ovlaydigan noyob qushning 400 dan ortig‘i Ustyurt tekisligiga qo‘yib yuborildi

Qizil kitobga kiritilgan 402 bosh yo‘rg‘a tuvaloq qushi Ustyurt tekisligiga qo‘yib yuborildi. Arablarda ushbu qushni lochin yordamida ovlash an’anaga aylangan bo‘lib, u «podshoxlar ovi» deb ham ataladi. O‘zbekistonda bir dona tuvaloqni ovlash uchun ruxsatnoma xorijliklarga 7 ming dollar evaziga beriladi.

Farg‘onada aholiga ajratilgan 151 tonna un qimmat narxlarda sotib yuborilgani aniqlandi
29 iyun 2022, 11:26

Farg‘onada aholiga ajratilgan 151 tonna un qimmat narxlarda sotib yuborilgani aniqlandi

Bag‘dod tumanida tadbirkor aholiga ajratilgan arzon narxdagi 151,4 tonna un mahsulotini belgilangan mahallalarga yetkazib bermasdan, Marg‘ilon shahrida boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborgani aniqlandi. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Farg‘onaning tog‘li hududlarida muzli sel kelishi xavfi e’lon qilindi
29 iyun 2022, 11:22

Farg‘onaning tog‘li hududlarida muzli sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet hafta oxirigacha So‘x va Farg‘ona tumanlari, qolaversa, So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida muzli sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishidan ogohlantirdi. Aholi va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.

Samarqandda halifalik davlatini tiklashni targ‘ib qilib kelganlar hibsga olindi
29 iyun 2022, 11:10

Samarqandda halifalik davlatini tiklashni targ‘ib qilib kelganlar hibsga olindi

Samarqandda to‘rt kishi «Hizb ut-Tahrir» ekstremistik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qilish, mamlakatdagi konstitutsion tuzumni ag‘darib, xalifalik davlatini tiklashga uringanlikda gumonlanmoqda. Ularni Polshada yashiringan tashkilot yetakchilaridan biri boshqargani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ishlab chiqarilganiga 10 yilgacha bo‘lgan avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish ixtiyoriy bo‘ladi
29 iyun 2022, 10:33

Ishlab chiqarilganiga 10 yilgacha bo‘lgan avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish ixtiyoriy bo‘ladi

Yengil avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari o‘zgarishi bo‘yicha tushuntirish: yangi tartib 1 iyuldan emas, balki 1 sentabrdan kuchga kiradi. Bu yo‘lovchilarni tijoriy tashish uchun foydalaniladigan transport vositalariga taalluqli emas.

Professor Ibrohim Haqqul vafot etdi
29 iyun 2022, 09:56

Professor Ibrohim Haqqul vafot etdi

Adabiyotshunos olim, professor Ibrohim Haqqul 73 yoshida vafot etdi. U Abdulhamid Cho‘lpon, Xoja Ahmad Yassaviy va boshqa arboblarning asarlarini o‘quvchilarga yetkazgan, qolaversa, rus tilidagi ikki jildlik «Istoriya uzbekskoy literaturы» kitobining mualliflaridan biri hisoblanadi.

Xiva 2024 yil Islom dunyosining turizm poytaxti deb e’lon qilindi
28 iyun 2022, 23:06

Xiva 2024 yil Islom dunyosining turizm poytaxti deb e’lon qilindi

Bokuda bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotining XI sessiyasida Xiva 2024 yil «Islom dunyosining turizm poytaxti» deya e’lon qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting