29 iyun — chorshanbadan 3 iyul yakshanba kunigacha bo‘lgan davrda Farg‘ona viloyati tog‘ oldi va tog‘li hududlarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Toshqinlar tog‘larda kutilayotgan yuqori harorat foni hisobiga Qirg‘iziston hududidan Farg‘onaning So‘x, Farg‘ona tumanlarida, qolaversa, So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) kuzatilishi ehtimoli bor.

O‘zgidromet tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.