Jamiyat

Ma’rifat va hurlik tongi otguncha…
20 oktabr 2022, 00:01

Ma’rifat va hurlik tongi otguncha…

Mirzakalon Ismoiliyning XX asr boshlarida mustabid tuzum, mahalliy boy va amaldorlar, mutaassib din peshvolari zulmidan qon qaqshagan Turkiston va uning yorug‘ kunga umid bog‘lagan tolesiz xalqiga bag‘ishlangan “Farg‘ona tong otguncha” romani haqda “Gazeta.uz” kolumnisti Muqaddamxon Saidrasulova hikoya qiladi.

19 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
19 oktabr 2022, 22:02

19 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda 22 oktabrdan isitish mavsumi boshlanishi, «Jahon hunarmandlar shahri» maqomi beriladigan Marg‘ilon, 1800 dan ortiq kadrni ishga qabul qilgan UzAuto Motors, Samarqanddagi YTHda haydovchi va yangi tug‘ilgan chaqaloq vafot etgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Termiz xalqaro aeroporti 2 oyga yopiladi
19 oktabr 2022, 21:05

Termiz xalqaro aeroporti 2 oyga yopiladi

Yangi aerodrom majmuasining ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani munosabati bilan Termiz xalqaro aeroporti 1 noyabrdan 25 dekabrga qadar yopiladi.

Marg‘ilonga «Jahon hunarmandlar shahri» maqomi beriladi
19 oktabr 2022, 16:51

Marg‘ilonga «Jahon hunarmandlar shahri» maqomi beriladi

Marg‘ilonga Butunjahon hunarmandlar Kengashi qarori bilan «Jahon hunarmandlar shahri» maqomi beriladi. Bu shaharning World Crafts Council tarmog‘iga kirishini ta’minlaydi. Marg‘ilon ushbu ro‘yxatga O‘zbekistondan qo‘shilgan uchinchi shahar bo‘ldi.

Qoraqalpog‘iston va Sirdaryodagi tumanlarga yangi prokurorlar tayinlandi
19 oktabr 2022, 15:54

Qoraqalpog‘iston va Sirdaryodagi tumanlarga yangi prokurorlar tayinlandi

Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh va Nukus hamda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumaniga prokuror tayinlandi.

UzAuto Motors ochiq tanlov asosida 1800 dan ortiq kadrni ishga qabul qildi
19 oktabr 2022, 15:00

UzAuto Motors ochiq tanlov asosida 1800 dan ortiq kadrni ishga qabul qildi

Chevrolet Onix va Tracker avtomobil modellarini ishlab chiqarish uchun UzAuto Motors`ga Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan fuqarolar to‘rt bosqichda saralab ishga olindi.

2024 yil 1 yanvargacha yer ajratish haqida qarori bo‘lmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish yakunlanadi
19 oktabr 2022, 14:55

2024 yil 1 yanvargacha yer ajratish haqida qarori bo‘lmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish yakunlanadi

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvarga qadar yer ajratish haqida qarori yo‘q yer uchastkalarini rasmiylashtirish yakunlanadi.

Kamharakatlik sabab 2030-yilgacha 500 mlndan ortiq kishi yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga chalininishi mumkin
19 oktabr 2022, 14:24

Kamharakatlik sabab 2030-yilgacha 500 mlndan ortiq kishi yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga chalininishi mumkin

2020-yildan 2030-yilgacha kamharakatlik tufayli dunyo bo‘ylab 500 milliondan ortiq odam yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga chalinishi mumkin. Hozirda o‘smirlarning 81 foizi va kattalarning 27,5 foizi faol bo‘lmagan turmush tarzini olib boradi.

Sankt-Peterburg politexnika universiteti bepul ta’lim olishga taklif qiladi
19 oktabr 2022, 13:00

Sankt-Peterburg politexnika universiteti bepul ta’lim olishga taklif qiladi

O‘zbekistonlik abituriyentlar Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universitetida kvota asosida bepul o‘qishlari mumkin. Bu imkoniyat “Open Doors” olimpiadasi g‘oliblariga ham taqdim etiladi.

Samarqanddagi YTHda haydovchi va yangi tug‘ilgan chaqaloq vafot etdi
19 oktabr 2022, 12:57

Samarqanddagi YTHda haydovchi va yangi tug‘ilgan chaqaloq vafot etdi

Jomboy tumanida Nexia va Spark to‘qnashuvi oqibatida tug‘ruqxonadan olib ketilayotgan 3 kunlik chaqaloq hamda haydovchi vafot etdi.

Zararli yoki xavfli ishlarda ishlaydigan xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
19 oktabr 2022, 12:39

Zararli yoki xavfli ishlarda ishlaydigan xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Hukumat qarori bilan elektr energetikasi obyektlariga kiruvchi uskuna va inshootlarni nazorat qiluvchi korxonalar xodimlari hamda qurilish-montaj, ta’mirlash ishlarini bajaruvchilar dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Farg‘onada Lacetti va Matiz to‘qnashuvi oqibatida 2 kishi vafot etdi
19 oktabr 2022, 12:18

Farg‘onada Lacetti va Matiz to‘qnashuvi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Farg‘ona viloyatida Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Matiz bilan to‘qnashdi. Oqibatda Matiz haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi, 3 kishi jarohatlandi.

Markaziy bank raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
19 oktabr 2022, 12:09

Markaziy bank raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Nodirbek Saydullayev Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u Asaka bank boshqaruv raisi sifatida faoliyat yuritgan.

«Insonning kim ekanligi uning bir og‘iz so‘zidanoq ma’lum bo‘lib qoladi»
19 oktabr 2022, 12:00

«Insonning kim ekanligi uning bir og‘iz so‘zidanoq ma’lum bo‘lib qoladi»

Insonning kim ekanligi, ichki dunyosi uning bir og‘iz so‘zidanoq ma’lum bo‘lib qoladi. Zero, maqolda aytilganadek, ovqat ta’mi tuz bilan, odam ta’mi so‘z bilan. Mazkur fikrni 2007 yilda Shodmon Otabek o‘zbek tilini bilsada, xorijiy tillarda so‘zlashuvchi ayrim odamlarni tanqid qila turib yozgandi.

Buxoroda xonadonda gaz portlashi oqibatida 2-sinf o‘quvchisi vafot etdi
19 oktabr 2022, 11:18

Buxoroda xonadonda gaz portlashi oqibatida 2-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Qorako‘l tumanidagi xonadonlarning birida gaz chaqnashi sodir bo‘ldi. Oqibatda 2-sinf o‘quvchisi olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Moskvadan Urganchga uchayotgan samolyot Samaraga favqulodda qo‘ndi
19 oktabr 2022, 11:14

Moskvadan Urganchga uchayotgan samolyot Samaraga favqulodda qo‘ndi

Moskvadan Urganchga uchayotgan «Azimut» kompaniyasining SSJ-100 samolyoti yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Samaraga favqulodda qo‘ndi. Hozir reys Urganchga yetib bordi.

Tijorat banklari 19-oktabr uchun dollarning sotuv kursini yangiladi
19 oktabr 2022, 11:00

Tijorat banklari 19-oktabr uchun dollarning sotuv kursini yangiladi

Markaziy bank 19-oktabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 157,43 so‘m etib belgiladi. Banklar ham o‘z takliflarini yangiladi.

Sirdaryoda 68 dona baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi
19 oktabr 2022, 10:42

Sirdaryoda 68 dona baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi

Xovos tumanida ikki fuqaro 9 turdagi 68 dona baliqni noqonuniy ovlangani aniqlandi. Oqibatda hayvonot dunyosiga 47 mln 160 ming so‘m zarar yetkazildi. Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar prokuratura organiga yuborildi.

Toshkentda 22 oktabrdan isitish mavsumi boshlanadi
19 oktabr 2022, 10:04

Toshkentda 22 oktabrdan isitish mavsumi boshlanadi

Toshkent shahrida 22 oktabrdan ijtimoiy soha obyektlari, 24 oktabrdan esa ko‘p qavatli turar joy binolarini bosqichma-bosqich issiqlik energiyasi bilan ta’minlash boshlanadi.

Poytaxt va 4 ta viloyatda elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi − Energetika vazirligi
19 oktabr 2022, 10:01

Poytaxt va 4 ta viloyatda elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi − Energetika vazirligi

Energetika vazirligi atmosfera havosining chang bilan ifloslanishi va ko‘p yomg‘ir yog‘ishi elektr energiyasini uzatishda nosozlik keltirib chiqarishini ma’lum qildi. Shu sabab Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrining ayrim tumanlarida vaqtincha elektr ta’minoti uzilishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting