Jamiyat

Ipakchilik va jun sanoati qo‘mitasiga rahbarlar tayinlandi
19 oktabr 2022, 09:49

Ipakchilik va jun sanoati qo‘mitasiga rahbarlar tayinlandi

Baxrom Sharipov Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi bo‘ldi. Unga ikki o‘rinbosar ham tayinlandi. Shuningdek, Sherzod Asadov Pillachilik va qorako‘lchilikni qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

«Investorlarga ko‘mak markazi» tashkil qilinadi
19 oktabr 2022, 09:47

«Investorlarga ko‘mak markazi» tashkil qilinadi

«Respublika hududlarida innovatsion va investitsiya faoliyatini jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi. Unda Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi va «Investorlarga ko‘mak markazi» tashkil etilishi belgilandi.

Navoiyda erkak 3-qavatdan o‘zini tashlagani aytilmoqda
19 oktabr 2022, 09:20

Navoiyda erkak 3-qavatdan o‘zini tashlagani aytilmoqda

Navbahor tumanida erkak markaziy poliklinika binosining 3-qavatidan o‘zini tashlagani aytilmoqda. SSV uning ikki kun oldin kasalxonaga murojaat qilgani va 18 oktabr kuni noma’lum sabablarga ko‘ra o‘zini tashlab, vafot etgani ma’lum qildi. BP hodisaning sabablarini aniqlamoqda.

«Kolorpak xomashyo va uskunalarni olib kirishda hech qanday imtiyozga ega emas» — kompaniya direktori
18 oktabr 2022, 21:44

«Kolorpak xomashyo va uskunalarni olib kirishda hech qanday imtiyozga ega emas» — kompaniya direktori

Kolorpak xomashyo va uskunalarni olib kirishda hech qanday imtiyozga ega emas. «Gazeta.uz» muxbiri bilan suhbatda kompaniya direktori Muzaffar Mirzahmedov barcha bojxona bojlari va QQS o‘z vaqtida to‘lanayotganini ma’lum qildi. Qolaversa, mahsulot tannarxi oshishi faqat qog‘ozga bog‘liq emasligi qayd etildi.

Andijon viloyati SSBga tadbirkor rahbar etib tayinlandi
18 oktabr 2022, 21:43

Andijon viloyati SSBga tadbirkor rahbar etib tayinlandi

Farmatsevtika, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda bir qancha kompaniya va korxonalar tashkil etgan tadbirkor Jur’atbek Kuvatov Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi. Uning kompaniyalaridan biri viloyat hokimi bilan sobiq sog‘liqni saqlash vaziri o‘rtasidagi mojaroda tilga olingandi.

Toshkentning Navoiy ko‘chasida avtobuslar uchun alohida yo‘lak paydo bo‘ldi. U foyda beryaptimi?
18 oktabr 2022, 21:09

Toshkentning Navoiy ko‘chasida avtobuslar uchun alohida yo‘lak paydo bo‘ldi. U foyda beryaptimi?

Toshkentdagi Navoiy ko‘chasining bir qismida jamoat transporti uchun alohida yo‘lak tashkil etildi. Hozircha u lozim darajada ishlayotgani yo‘q. «Gazeta.uz» muxbiri buning sabablarini aniqlashga harakat qildi.

Toshkentda havo sifati yaxshilandi
18 oktabr 2022, 20:37

Toshkentda havo sifati yaxshilandi

Seshanba kuni tushdan keyin Toshkentda havo sifati yaxshilandi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilar va ularning yuklari bojxonachilarsiz qanday tekshirilyapti?
18 oktabr 2022, 20:00

Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilar va ularning yuklari bojxonachilarsiz qanday tekshirilyapti?

Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelgan va uchib ketayotgan yo‘lovchilar bojxonachilarsiz, avtomatik tarzda boshqarilayotgan body scaner qurilmasi va rentgen nurlari yordamida qisqa muddatda bojxona tekshiruvidan o‘tyapti. «Gazeta.uz» mazkur tizim qanday ishlashi haqida so‘z yuritadi.

VietJet Air Xoshimin va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi
18 oktabr 2022, 17:47

VietJet Air Xoshimin va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi

Vetnamning VietJet Air aviakompaniyasi Xoshimin va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi. Parvozlar 15 dekabrdan boshlanadi.

«Har bir joy bo‘yicha xalq fikrini olish kerak». Prezident — Toshkent bosh rejasining loyihasi haqida
18 oktabr 2022, 16:59

«Har bir joy bo‘yicha xalq fikrini olish kerak». Prezident — Toshkent bosh rejasining loyihasi haqida

Prezidentga «Yangi Toshkent» konsepsiyasi bilan mutanosib tayyorlangan Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh reja loyihasi taqdim etildi. Shavkat Mirziyoyev har bir joy bo‘yicha xalq fikrini olib, aql bilan, sifatli qurish kerakligini ta’kidladi.

Jakarta-Buxoro-Jakarta yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar tashkil etish taklif etildi
18 oktabr 2022, 15:31

Jakarta-Buxoro-Jakarta yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar tashkil etish taklif etildi

O‘zbekiston vakillari Indoneziyaning Garuda Group aviakompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari tomonidan Jakarta — Buxoro — Jakarta yo‘nalishida muntazam aviaqatnovni tashkil etish taklif etildi.

Samarqandda maktab direktori tarsaki tushirgan o‘quvchining quloq pardasi yirtilgani aytilmoqda
18 oktabr 2022, 14:32

Samarqandda maktab direktori tarsaki tushirgan o‘quvchining quloq pardasi yirtilgani aytilmoqda

Urgut tumanida maktab direktori o‘quvchini urgani sabab uning quloq pardasi yirtilgani aytilmoqda. Voqeaga sinfxonada bolalarning paqildoq portlatishi sabab bo‘lgan. Samarqand IIB holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Qurilish jarayonlarini nazorat qilishda aholi ishtiroki kengaytiriladi
18 oktabr 2022, 14:27

Qurilish jarayonlarini nazorat qilishda aholi ishtiroki kengaytiriladi

Prezident huzurida 17 oktabr kuni yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbari qurilish jarayonlarini nazorat qilishda aholi ishtirokini kengaytirish, obyektlarni qabul qilish komissiyalariga mahalla raislarini kiritish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Sello o‘zining bir yilligini nishonladi va asosiy yutuqlari haqida so‘zlab berdi
18 oktabr 2022, 13:00

Sello o‘zining bir yilligini nishonladi va asosiy yutuqlari haqida so‘zlab berdi

Sello marketpleysida xarid qilish qanday afzalliklarga ega va ijtimoiy tarmoqlar orqali buyurtma berish qanday xavf tug‘diradi — shu va boshqa masalalar haqida Sello kompaniyasininig bosh direktori Iskandar Yusupov so‘zlab berdi.

Hujjatlarda qariyb 2,2 mlrd so‘mlik tovar olib ketayotgani ko‘rsatilgan yuk mashinasi bo‘sh ekani aniqlandi
18 oktabr 2022, 12:30

Hujjatlarda qariyb 2,2 mlrd so‘mlik tovar olib ketayotgani ko‘rsatilgan yuk mashinasi bo‘sh ekani aniqlandi

Qo‘qon bojxona postida hujjatlarda 23 tonna 540 kg og‘irlikdagi «reeksport» sifatida qayd etilgan tovarlarni olib ketayotgan ko‘rsatilgan yuk mashinasi tekshirilganda ichida hech nima yo‘qligi aniqlandi. Bojxona xodimlarining bu holatga aloqadorligini aniqlash maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

«Tilimiz boy, ammo lug‘atimiz qashshoq»
18 oktabr 2022, 12:00

«Tilimiz boy, ammo lug‘atimiz qashshoq»

Darhaqiqat, ko‘p tilli bu kurrai zaminda o‘z tilini a’lo darajada bilgan va ko‘p tilni puxta o‘zlashtirgan xalq yutadi. Agar tilga hozrgidek munosabat davom etaversa, bir necha yildan keyin so‘z boyligimiz yonga solib yuradigan lug‘atga jo bo‘ladi-qoladi, deb yozgandi 2006 yildagi maqolasida Suyun Qorayev.

Qo‘qon kimyo zavodidagi ishchini bunker bosib qoldi
18 oktabr 2022, 11:06

Qo‘qon kimyo zavodidagi ishchini bunker bosib qoldi

Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals zavodida metall konstruksiya qismlarini o‘rnatish jarayonida ustiga bunker qulab tushgan ishchi vafot etdi.

Kaltaklangan «Tez yordam» haydovchisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
18 oktabr 2022, 10:53

Kaltaklangan «Tez yordam» haydovchisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Mirobod tumanida «Tez yordam» xodimi va haydovchisi kaltaklangani xabar qilingandi. Sog‘liqni saqlash vaziri hodisa oqibatida jiddiy tan jarohati olib, davolanayotgan haydovchi bilan ko‘rishdi. Behzod Musayev uni «Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.

Farg‘onada yuk mashinasi yashash uyiga borib urildi
18 oktabr 2022, 10:20

Farg‘onada yuk mashinasi yashash uyiga borib urildi

18 oktabr kuni tong soat 06:55 larda Farg‘ona xalqa yo‘lida harakatlanib ketayotgan HOWO yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, aholi yashash uylaridan biriga borib urildi. YTH oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Livingood majmuasida sotuvlar maxsus 30% chegirma bilan boshlandi
18 oktabr 2022, 09:00

Livingood majmuasida sotuvlar maxsus 30% chegirma bilan boshlandi

NovaStroy kompaniyasi yangi loyiha Livingood majmuasida sotuv jarayonini cheklangan muddatli maxsus chegirma bilan boshladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting