Lacetti va Matiz ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 kishi vafot etdi, deya xabar qilmoqda IIV «Mening yurtim» telekanali «Markaziy studiya» informatsion dasturiga tayanib.

Farg‘ona viloyatida yuz bergan hodisada 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro Lacetti avtomobilini boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan vaqtda o‘z yo‘nalishida kelayotgan 63 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomobil bilan to‘qnashdi.

YTH oqibatida Matiz haydovchisi voqea joyida, yo‘lovchisi esa shifoxonada vafot etdi. Yana 3 kishi jiddiy jarohat oldi.

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.