Energetika vazirligi elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Vazirlik matbuot xizmati vaziyat bo‘yicha mutaxassislarning prognozlarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, atmosfera havosining mayda chang zarralari bilan ifloslanishi, yaqin kunlarda O‘zgidrometeorologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, oylik yog‘ingarchilikning 70−90 foizini tashkil etadigan yomg‘irlar tufayli elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Buning sababi, elektr uzatish liniyalarida to‘plangan chang va ifloslanish, shuningdek, ko‘p yomg‘ir yog‘ishi elektr energiyasini uzatishda nosozlikka olib keladi.

Xususan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrining ayrim tumanlarida qisqa muddatli elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin. Hozirda bu borada tezkor ishchi guruhlar tuzildi. Vazirlik elektr ta’minotidan uzilish holatlari kuzatilsa, mahalliy elektr ta’minoti bo‘limlariga xabar berishni so‘radi.