Toshkent shahar hokimi qaroriga asosan Toshkentda 22 oktabrdan isitish mavsumi boshlanadi, deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Poytaxtdagi markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida 2022 yil 19 oktabrdan issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.

22 oktabrdan ijtimoiy soha obyektlari va 24 oktabrdan ko‘p qavatli turar joy binolarini bosqichma-bosqich issiqlik energiyasi bilan ta’minlash boshlanadi.