UzAuto Motors AJ tomonidan Chevrolet Onix va Tracker avtomobil modellarini ishlab chiqarish uchun yangi tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e’lon qilindi. Tanlovga Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan 8000 nafardan ortiq fuqarolar onlayn tarzda arizalar topshirishdi. Nomzodlar to‘rt bosqichda saralab olinib, 1800 nafardan ortiq xodim ishga qabul qilindi.

Shuningdek, “Uzavtosanoat” AJ va UzAuto Motors AJ rahbariyati tashabbusi bilan Asaka, Andijon va Shahrixon tumanlaridagi kam ta’minlangan, chin yetim, yarim yetim, boquvchisini yo‘qotgan yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun hokimiyatliklarga murojaat bilan chiqildi. Murojaatga binoan 400 nafardan ortiq yoshlar ro‘yxati taqdim etilgan va tuzilgan ishchi guruh tomonidan yoshlarning yashash sharoiti o‘rganilgan. O‘rganishlar natijasida jami 300 nafardan ortiq yoshlar ishga tavsiya etildi.


UzAuto Motors nafaqat avtomobil ishlab chiqarish balki malakali kadrlarni katta jamoasiga qabul qilib, ularning malakasini oshirib, mahoratini yuksaltirib Uzekistondagi turdosh sohalarga ham yetkazib beradi.


Reklama huquqlari asosida.