Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, viloyat prokraturasi va viloyati IIB xodimlari hamkorligida tungi reyd tadbiri o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Reyd tadbirida Xovos tumani hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Mirzacho‘l kanalidan fuqaro T.X. va A.L. taqiqlangan ov qurollari yordamida (elektr qarmoq) noqonuniy ravishda 9 turdagi 68 dona baliqlarni ovlaganligi aniqlandi. Ularning noqonuniy ov qilishi oqibatida, hayvonot dunyosiga jami 47 mln 160 ming so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

«Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuratura organiga taqdim etildi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Karmana tumanidan oqib o‘tuvchi qismida 829 dona baliq nobud bo‘lganini aniqlangandi. Bu «Navoiyazot» va «Navoiy IES» korxonalarining daryoga tashlaydigan oqova suvlaridan sababli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligi va ekologlar laborator tekshiruvlar o‘tkazayotgani xabar berilgandi.

Shuningdek, Yangiyo‘l tumanidagi xo‘jalikda ommaviy ravishda nobud bo‘lgan baliqlar Chirchiq daryosiga oqizib yuborilgani aytilgandi.