1 noyabrdan 25 dekabrgacha Termiz xalqaro aeroporti yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishni vaqtincha to‘xtatadi. Bu haqda Uzbekistan airports matbuot xizmati xabar berdi.

Hududda ayni paytda uzunligi 3000 metr va eni 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi qurilishi to‘liq yakunlandi.

Belgilangan rejaga ko‘ra, deyarli ikki oy muddatda yurish yo‘laklarini yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi va perron bilan ulanadi. Shuningdek, yangi CAT-I ICAO yoritish-signal tizimi, meteorologik va radionavigatsiya qo‘nish tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha ishlar yakuniga yetkaziladi.