18 oktabr kuni Jomboy tumanidagi 4K-502 Shirinkent-G‘azira avtomobil yo‘lining 10-kilometrida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda Stv.uz viloyat IIBga tayanib.

Xabarga ko‘ra, Spark haydovchisi N.N. qarama-qarshi chiziqqa chiqib ketishi sabab Nexia bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida ikki kishi — Spark avtomobili haydovchisi va tug‘ruqxonadan olib ketilayotgan uch kunlik chaqaloq halok bo‘ldi. Chaqaloq Nexia mashinasida bo‘lgan.

Holat yuzasidan Jomboy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 266-moddaning 3-qismi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.