Azimut aviakompaniyasining Moskva-Urganch yo‘nalishida AZO-7059 reysini amalga oshirayotgan SSJ-100 samolyoti Samara shahrida favqulodda qo‘ndi, deya xabar berdi Uzbekistan airports matbuot xizmati. Bunga yo‘lovchining sog‘lig‘ining yomonlashgani sabab bo‘lgan.

Jadvalga ko‘ra, samolyot Urganch xalqaro aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 07:35 da qo‘nishi kerak edi. Majburiy qo‘nish sababli parvoz kechiktirildi.

Xususuan, Urganch aeroportiga yetib kelish mahalliy vaqt bilan soat 10:15 ga belgilangan. Urganchdan jo‘nash esa soat 11:00 ga reja qilindi. Reys Vnukovo aeroportiga Moskva vaqti bilan soat 13:00 da yetib boradi.