O‘zbekistonlik abituriyentlar keyingi o‘quv yilida Rossiyaning yetakchi universitetlaridan birida bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu haqda Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universitetida (SPbPU) batafsil ma’lumot berildi.


SPbPU chet ellik talabalar orasida mashhur universitetlardan biri: bugungi kunda u yerda 107 mamlakatdan 8000 dan ortiq xorijliklar tahsil oladi. Politexnika universiteti talabalari bo‘lajak muhandislar, quruvchilar, IT-mutaxassislari, energetik-injenerlar, iqtisodchilar, tilshunoslar va boshqa talabga ega kasblar vakillaridir. SPbPU ta’limi butun dunyoda qadrlanadi: universitet bitiruvchilari dunyoga mashhur olimlar, iste’dodli muhandislar, yirik kompaniyalar xodimlari va hatto mamlakatlar rahbarlaridir.

Magistratura yoki aspiranturada o‘qishga kirish uchun nima qilish kerak

Politexnika universitetiga stipendiya asosida kirishning bir nechta yo‘li bor. Birinchisi, — “Open Doors: Russian Scholarship Project” xalqaro talabalar olimpiadada ishtirok etish. Intellektual tanlov g‘oliblari magistratura yoki aspiranturaga imtihonsiz kirish va rus yoki ingliz tillarida bepul (Rossiya budjeti hisobidan) o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Olimpiadada qatnashish uchun ro‘yxatdan va onlayn testdan muvaffaqiyatli o‘tish kerak. Magistraturaga o‘qishga kirish uchun nomzodlar bakalavriatning oxirgi kursida o‘qishi, bakalavr diplomi yoki mutaxassislik darajasiga ega bo‘lishi lozim. Aspiranturaga kirish uchun esa olimpiadada ishtirok etish vaqtida magistraturaning oxirgi bosqich talabasi yoki magistr darajasiga ega bo‘lishingiz kerak.

Agar siz 2023 o‘quv yilida bepul o‘qishni boshlamoqchi bo‘lsangiz, arizani hozirdan topshirishingiz kerak. Olimpiadada ishtirok etish uchun ro‘yxatga olish 15 sentabrda boshlangan va 2022 yilning 23 dekabrgacha davom etadi.

Rossiya oliy ta’lim va fan vazirligi yo‘nalishi bo‘yicha bepul ta’lim olish

Chet ellik abituriyentlar uchun Politexnika universitetiga budjet asosida bakalavriat, magistratura va aspiranturaga kirishning yana bir imkoniyati — Rossiya oliy ta’lim va fan vazirligi yo‘nalishi bo‘yicha kvotaga hujjat topshirishdir. Bu haqda batafsil ma’lumotni SPbPU rasmiy сайтида o‘qishingiz mumkin.


Bepul o‘qish imkoniyatini ikki martagada oshirish

Chet ellik abituriyentlar bir vaxtning o‘zida “Open Doors” olimpiadasida ishtirok etish va Rossiya oliy ta’lim va fan vazirligi kvotasi bo‘yicha qabul qilish uchun ham ariza topshirishlari mumkin. Shu tarzda, ularning bepul ta’lim olish imkoniyatlari darajasi oshadi. Tanlovdan o‘ta olmagan xorijlik abituriyentlar uchun universitet kontrakt asosida ta’lim yo‘nalishlarini taklif qiladi: arizalar har yili 1 avgustgacha qabul qilinadi.

Politex: o‘ziga xos kampus

Politexnika universitetining kampusi 120 gektar maydonni egallagan. U Oksford va Kembrij universitetlariga ko‘ra modellashtirilgan. Bu — sport seksiyalari, suzish havzasi, shahardagi eng yirik texnik kutubxonalardan biri, sovorking maydonlari, kafe va oshxonalar, shuningdek, 18 ta yotoqxonaga ega butun shahardir. Barcha chet ellik talabalar yotoqxonalarda yashay oladi.


Kampus atrofida to‘rtta metro bekati mavjud — shahar markaziga 20 daqiqada yetib borish mumkin. Talabalar shaharchasi qo‘riqlanadi, binolarga elektron yo‘llanmalar orqali kirish mumkin. Bu sharoitlar talabalarga o‘qish va yashash uchun xavfsiz va qulay muhit yaratishga yordam beradi.

Xorijiy talabalarning oson moslashishi uchun universitetda xalqaro kampus tashkil etilgan. U xalqaro xizmatlar, qabul komissiyasi va chet ellik abituriyentlar uchun universitetgacha tayyorgarlik bo‘limlaridan iborat. Kampusda faol talabalar hayoti va do‘stona muhit hukm suradi. Shuningdek, xalqaro talabalar jamiyati faollari chet ellik va rossiyalik talabalar uchun turli tadbirlar tashkil qilishadi.

Reklama huquqlari asosida.