Jamiyat

Farg‘ona hayvonot bog‘idagi jirafa nobud bo‘ldi
23 fevral 2023, 10:25

Farg‘ona hayvonot bog‘idagi jirafa nobud bo‘ldi

Farg‘ona hayvonot bog‘ida Qozog‘istondan keltirilgan Maksim laqabli jirafa nobud bo‘ldi. U anomal sovuq kunlarda shamollab qolgan. Bunday sovuq sababli boshqa mayda jonzotlar, xususan, qushlar ham nobud bo‘lgan.

Epitsentri Tojikistonda bo‘lgan zilzila deyarli butun O‘zbekiston bo‘ylab sezildi
23 fevral 2023, 07:51

Epitsentri Tojikistonda bo‘lgan zilzila deyarli butun O‘zbekiston bo‘ylab sezildi

Payshanba kuni ertalab soat 5:40 atrofida O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida 3−4 balli zilzila sezildi. Uning epitsentri Tojikistonda. Toshkent aholisining so‘zlariga ko‘ra, zilzila sabab silkinishlar uzoq davom etgan.

“His-tuyg‘ular orqali ko‘rish”. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarga kim va qanday ta’lim beradi?
23 fevral 2023, 00:01

“His-tuyg‘ular orqali ko‘rish”. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarga kim va qanday ta’lim beradi?

Toshkentdagi 77-sonli maxsus maktabda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar tahsil oladi. O‘qituvchilar o‘z o‘quvchilariga dunyoni his qilish orqali “ko‘rish"ni o‘rgatadi. “Gazeta.uz” bolalarni his-tuyg‘ulariga ishonib yashashga o‘rgatishni o‘zining vazifasi qilib olgan insonlar haqida hikoya qiladi.

22 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
22 fevral 2023, 22:00

22 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yanvarda $1,2 mlrdga eksport qilingan oltin, raqamlashtirishdagi kamchiliklar haqida gapirgan prezident, bahor oxirigacha ochiladigan respublika bolalar kutubxonasi, yanvarda yengil mashinaga talab yana ortgani, talabalarni toifalashtirishga ularning munosabati va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

O‘zbekistonda yangi avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish va davlat raqamlarini olish onlaynga o‘tkaziladi
22 fevral 2023, 20:40

O‘zbekistonda yangi avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish va davlat raqamlarini olish onlaynga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda yangi avtomobillarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va raqam berishning elektron tizimini yaratish rejalashtirilmoqda. Prezident hali ko‘plab sohalar raqamlashtirilmaganini tanqid qildi. Masalan, odamlar «086-shakl» olish uchun har safar poliklinikaga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda.

«Ta’lim tizimiga e’tibor berish kerak». Vazirlikning topshirig‘iga talabalar nima deydi?
22 fevral 2023, 20:33

«Ta’lim tizimiga e’tibor berish kerak». Vazirlikning topshirig‘iga talabalar nima deydi?

Oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonov barcha talabalarni jinoyatchilikka moyil, yot g‘oyalar ta’siriga tushish arafasida va qoidalarga rioya etmaydigan kabi guruhlarga ajratish topshirig‘ini bergandi. Bu esa tarmoqlarda tanqidlarga sabab bo‘ldi. «Gazeta.uz» talabalar fikrini bilish uchun ularga mikrofon tutdi.

Ismbuzarlar
22 fevral 2023, 20:24

Ismbuzarlar

«Ma’lum bo‘lishicha, ZAGS va militsiya bo‘limlarining pasport stollarida ishlovchi savodi g‘ovlab ketgan ayrim xodimlari metrika va pasportlarda o‘zbekcha to‘ldiriladigan joylarni ruscha yoki butunlay savodsizlarcha to‘ldirib, qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarar ekanlar».

Begonalarga sigaret chekmaslik haqida «amru ma’ruf» qilgan shaxs jarimaga tortildi
22 fevral 2023, 19:51

Begonalarga sigaret chekmaslik haqida «amru ma’ruf» qilgan shaxs jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda begonalarga sigaret chekmaslik haqida tushuncha bermoqchi bo‘lgan shaxs bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgani ma’lum qilindi. Shuningdek, ushbu shaxs sud tomonidan BHMning 20 baravari miqdorida jarimaga tortildi.

«Jurnal har doim jamiyat illatlari va hukumat kamchiliklarini olib chiqqan» — «Mushtum» bosh muharriri
22 fevral 2023, 19:21

«Jurnal har doim jamiyat illatlari va hukumat kamchiliklarini olib chiqqan» — «Mushtum» bosh muharriri

«Bu jurnal millat mulki, 100 yildan beri nomi o‘zgarmay kelayotgan noyob tarix», — deydi 2007 yildan buyon «Mushtum»ga bosh muharrirlik qilayotgan Nosirjon Toshmatov. U «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida hozirgi rahbarlarning jurnalga munosabati va 100 yillik to‘yni qanday tasavvur qilgani haqida gapirdi.

Yanvar oyida anomal sovuqdan O‘zbekiston sanoati qanday zarar ko‘rdi?
22 fevral 2023, 18:07

Yanvar oyida anomal sovuqdan O‘zbekiston sanoati qanday zarar ko‘rdi?

Yanvar oyida O‘zbekistonda kuzatilgan anomal sovuq tufayli ishlab chiqarish hajmi qariyb 10 foizga qisqardi. Gaz qazib olish 2022 yilning yanvariga nisbatan 7,5 foizga, gaz kondensati — 9,1 foizga, ko‘mir — 13,8 foizga, elektr energiyasi ishlab chiqarish — 2 foizga kamaydi.

Toshkentda ommaviy mushtlashuvda qatnashgan 28 kishi qamaldi
22 fevral 2023, 17:40

Toshkentda ommaviy mushtlashuvda qatnashgan 28 kishi qamaldi

Yakkasaroy tumanida qurilishda ishlovchi 30 dan ortiq fuqaro mushtlashdi. Sud ularning 28 nafariga 10 va 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Toshkent viloyatida poliklinika ta’mirlashga ajratilgan 392,9 mln so‘m o‘zlashtirilgani aytilmoqda
22 fevral 2023, 17:25

Toshkent viloyatida poliklinika ta’mirlashga ajratilgan 392,9 mln so‘m o‘zlashtirilgani aytilmoqda

Zangiota tumanida korxona rahbari qishloq oilaviy poliklinikalarini ta’mirlashda, hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 392,9 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha tergov harakatlari boshlandi.

Respublika bolalar kutubxonasi bahor oxirigacha ochilishi rejalashtirilmoqda
22 fevral 2023, 16:00

Respublika bolalar kutubxonasi bahor oxirigacha ochilishi rejalashtirilmoqda

Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasi rekonstruksiyadan so‘ng bahor oxirigacha ochilishi reja qilinmoqda. “Biz hamma uchun ochiq bo‘lgan zamonaviy, qulay hudud yaratyapmiz. Odamlar bu makonni o‘zlariga moslashtirishlarini xohlaymiz”, — deya ta’kidladi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi. Foto.

«O‘zbekgidroenergo» Zhejiang Jinlun Electromechanic kompaniyasi bilan memorandum imzoladi
22 fevral 2023, 15:00

«O‘zbekgidroenergo» Zhejiang Jinlun Electromechanic kompaniyasi bilan memorandum imzoladi

Endilikda quvvati 2−15 MVt gacha bo‘lgan gidroagregatlar Made in Uzbekistan milliy brendi asosida mahalliylashtirish doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqariladi.

Azim Mullaxonov Muqimiy teatriga direktor bo‘ldi
22 fevral 2023, 14:49

Azim Mullaxonov Muqimiy teatriga direktor bo‘ldi

O‘zbekiston va Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Azim Mullaxonov Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga direktor, Doston Haqberdiyev esa bosh rejissyor bo‘ldi.

Olmaliqda MCHJ rahbari 2,3 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda
22 fevral 2023, 14:42

Olmaliqda MCHJ rahbari 2,3 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida MCHJ rahbari kredit evaziga xarid qilingan 2,3 mlrd so‘mlik qurilish materiallarini boshqa shaxslarga sotib yuborganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Jizzaxda er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi
22 fevral 2023, 14:39

Jizzaxda er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi

Sharof Rashidov tumanida er-xotin vafot etdi, ular is gazidan zaharlangan bo‘lishi mumkin. Jizzax viloyati prokuraturasi tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

TerDU talabasi fuqaroning bank kartasidan 75 mln so‘m o‘zlashtirgani aytilmoqda
22 fevral 2023, 14:10

TerDU talabasi fuqaroning bank kartasidan 75 mln so‘m o‘zlashtirgani aytilmoqda

Termiz davlat universiteti 4-kurs talabasi o‘zi amaliyot o‘tagan bankda fuqaroning karta ma’lumotlarini o‘zlashtirib, 75,7 mln so‘mni yechib olganlikda gumonlanmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi. Agar uning aybi tasdiqlansa, 3−5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Qashqadaryoda Cobalt urib ketgan 33 yoshli ayol vafot etdi
22 fevral 2023, 12:22

Qashqadaryoda Cobalt urib ketgan 33 yoshli ayol vafot etdi

Qarshi tumanida Cobalt piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 33 yoshli ayolni urib ketdi. Piyoda vafot etdi. Hududda piyodalar o‘tishi uchun yer osti yo‘li qurilgan, lekin u yer qarovsiz holatda. Aholi vakillari ushbu tunnelni yaroqli holatga keltirib berilishini so‘ramoqda.

Yaqin, o‘rta va uzoq istiqbolda bizni qanday global xavf-xatarlar kutmoqda?
22 fevral 2023, 12:20

Yaqin, o‘rta va uzoq istiqbolda bizni qanday global xavf-xatarlar kutmoqda?

Jahon iqtisodiy forumi hisobotiga ko‘ra, yaqin bir yilda energiya inqirozi, yashash xarajatlarining o‘sishi, oziq-ovqat taqchilligi, uzoq va o‘rta istiqbolda esa tabiiy ofatlar, iqlim, resurslar inqirozi hamda ular keltirib chiqaradigan ijtimoiy-iqtisodiy tanazzul va beqarorlik jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting