Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida 10 fevral kuni er-xotin vafot etdi, ular is gazidan zaharlangan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Milliy TV telekanalining «Millar» dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, 41 yoshli erkak va uning xotini 9 fevral kuni 22:00 atrofida yuvinish xonasiga kirgan va tonggi soat 8:00 gacha qaytib chiqmagan. Ularning 2 o‘g‘li буни payqagach, ota-onasidan xabar olish uchun hammomga kirgan va holatga guvoh bo‘lgan.

Tuman hokimi yordamchisi Diyor Po‘latov bunga dudburondan chiqqan is gazi sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Tuman gaz ta’minoti korxonasi rahbari o‘rinbosari esa tekshirib ko‘rilganida hammomda o‘rnatilgan pech noqonuniy bo‘lib chiqqani, hozirda is gazidan zaharlangani aniq emasligi va viloyat prokuraturasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilayotganini bildirdi.