Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida Cobalt 33 yoshli piyodani urib ketdi. Bu haqda Milliy telekanalining Millar dasturida xabar qilindi.

11 fevral kuni soat 18:00 larda Qarshi tumanida tezlikni me’yoridan oshirgan Cobalt piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 33 yoshli ayolni urib ketdi. Hodisa oqibatida piyoda voqea joyida vafot etdi.

«Ikkita bolam yetim qoldi. Bu piyodalar o‘tish joyidan yosh bolalar ko‘p o‘tadi. Shu joydan qo‘rqib bollarimni ham shu yerdagi maktabga bermagandim. Iloji bo‘lsa shu yerga svetofor o‘rnatib, chiroqlar o‘rnatilsa [yaxshi bo‘lardi]», — deydi marhumaning turmush o‘rtog‘i.

Piyodalar o‘tish joyining ostida yer osti o‘tish joyi borligi aniqlangan. Aholi vakillarining aytishicha, bu tunnel juda qarovsiz va qo‘rqinchli.

йтҳ, қашқадарё

йтҳ, қашқадарё

«Bu yerni ahvoli juda og‘ir, tunnelni ishga tushirib bersa, o‘quvchilar ham, kattalar ham shu yerdan (yer osti o‘tish joyi) o‘tsa yo‘llarimiz oz bo‘lsa ham xavfsiz bo‘lar edi», — deydi aholi vakili.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport harakati xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchiga «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov boshlangan.