Zangiota tumanida MCHJ rahbari poliklinika ta’mirlashda 392,9 mln so‘mni o‘zlashtird, deya xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda «N.Q.» MCHJ sobiq rahbari M.A. birlashmaga qarashli qishloq oilaviy poliklinikalarini ta’mirlashda, hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozgan va 392,9 mln so‘mni o‘zlashtirgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.